O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vazir 3D printerni kimga sovgʼa qildi?

2020-07-09 | Innovatsiya

2020-yil mart oyida Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Аbdurahmonov Аndijon Davlat Universitetida yosh olimlar viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari professor-oʼqituvchilari ishtirokida uchrashuv oʼtkazdi. Innovatsion rivojlanish vaziri barcha savollarga javob berib, mavjud muammolarni yechishda koʼmak berilishini, yurtimiz ilm-fani va innovatsion rivojiga hissa qoʼshish yoʼlida mehnat qilayotgan olimlar va tadqiqotchilar vazirlik tomonidan qoʼllab-quvvatlanishini alohida taʼkidladi.

Oʼz navbatida tadqiqotlarni amalga oshirishda ayrim qiyinchiliklarga duch kelayotgan yosh olimlarga amaliy yordam berilishi aytilib, tadbir davomida murojaat qilgan yosh olimlarga vazirlik huzuridagi Ilgʼor texnologiyalar markazida laboratoriya ishlarini amalga oshirish uchun sharoit yaratilishini aytdi. Tadbir ishtirokchilaridan biri ilmiy izlanish qilayotgan Muhammadjon Mahmudov laboratoriya uchun zarur boʼlgan 3D printer zarurligini aytib murojaat qilgan edi. Yosh tadqiqotchining murojaati inobatga olinib, vazirning iyunь oyidagi Namanganga tashrifi doirasida laboratoriya uchun 3D printer taqdim etildi.

‒ Hozircha bu biz uchun yangilik, albatta ushbu printerni shu vaqtga qadar faqatgina internetda koʼrganmiz, — deydi Muhammadjon Mahmudov. — Mana shu haftada uni amaliyotda qoʼlladim. Hozir ushbu printer yordamida oʼquv jarayonida foydalanish uchun 12 turdagi robototexnika datchiklari komplektidan iborat jihozlarning korpuslari modellarini yaratmoqchimiz. Shuningdek, fizika yoʼnalishida bizda turli xil ishlanmalar mavjud boʼlib, ushbu ishlanmalarni 3D modelini yaratish harakatidamiz. Bundan tashqari, mazkur printerdan foydalanish boʼyicha oʼzbek tilida qoʼllanma ham yaratmoqchimiz.

Muhammadxon Mahmudov 1997-yili Namangan viloyati Norin tumanida tugʼilgan. Dasturlashni 16 yoshidan boshlagan. 9-sinfda oʼqib yurgan kezlari informatika fan olimpiadasining yakuniy bosqichida 2-oʼrinni egallagan. Birinchi dasturlash tili PascalABC.NET boʼlgan. 2013-yili Namangan transport va axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejiga oʼqishga kirgan. Kollej davrida informatika fan olimpiadasi va xalqaro ISPS dasturlash olimpiadasida ishtirok etgan. Kollejni imtiyozli diplom bilan bitirib, 2016-yili Аndijon Davlat universitetining Fizika-matematika fakulьteti, Informatika va axborot texnologiyalari yoʼnalishiga grant asosida oʼqishga kirgan. Universitetda 4 marta informatika boʼyicha respublika fan olimpiadasi, 2 marta xalqaro ISPS dasturlash olimpiadalarida, boshqa tadbirlar va loyihalarda ishtirok etgan. Fakulьtetda tashkil etilgan robototexnika laboratoriyasida faoliyat yuritmoqda.

Muhammadxonning fikricha, sohada ayrim kamchiliklar ham mavjud boʼlib, bulardan asosiysi hozirgi kunda informatika va axborot texnologiyalari boʼyicha oʼzbek tilida materiallar yetishmasligidir. Yoshlar axborot texnologiyalariga qiziqadilar, lekin aksariyati oʼzbek tilida adabiyotlar va maʼlumotlar boʼlmagani uchun oʼz fikridan qaytadi. Chet tillarini mukammal bilmagan yoshlar yangi bilimlarni mustahkamlab ololmaydi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться