O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsion rivojlanish vaziri Yevropa Ittifoqidagi elchisi etib tayinlangan Hindistonning Oʼzbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

2020-07-07 | Innovatsiya

6 iyul kuni innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Аbdurahmonov Hindistonning Oʼzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Santosh Janing Oʼzbekistondagi missiyasining yakunlangani munosabati bilan qabul qildi. Qabul davomida oʼtgan davr mobaynida vazirlikning hindistonlik hamkorlar bilan amalga oshirgan ishlari muhokama qilindi.

Xususan, Hindiston Respublikasi Fan va texnologiyalar vazirligi oʼrtasida imzolangan memorandum doirasida tayyorlangan “Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Hindiston Respublikasi Fan va texnologiyalar departamenti oʼrtasida «2019-2022 yillarda fan, texnologiya va innovatsiya sohasida hamkorlik dasturi» tasdiqlangan. Unga koʼra oʼtgan yilning noyabrь oyida oʼzbek-hind ilmiy-texnik loyihalar tanlovi eʼlon qilingan boʼlib, har yili 20 tadan qoʼsha ilmiy-texnik loyihalar amalga oshiriladi. Bundan tashqari, 22 nafar yosh olimlar Hindistonning yetakchi oliy taʼlim muassasalarida qisqa muddatli stajirovkalar oʼtashlari kelishilgan.

Hindistonning yirik startap akseleratorlari boʼlmish iCreate (International centre for entrepreneurship and technology) hamda DevX kompaniyalari bilan hamkorlik oʼrnatildi. Innovatsiyalar va startap ekotizimini rivojlantirish sohasidagi ilgʼor tajribalar bilan almashish, inson kapitalini takomillashtirish hamkorlikning bosh maqsadidir. Bugunga qadar mazkur akseleratorlarning yetakchi mutaxassislari yurtimiz startapchilari uchun qator maʼruzalar oʼqidalar, seminarlar, konferentsiyalar oʼtkazdilar, ular ishtirokida «Ideaton» tanlovi tashkil etildi. .

Bugungi kunda sunʼiy intellekt sohasida hamkorlikni amalga oshirish maqsadida “Routern.com” kompaniyasining direktori Chandranata Sharma hamda elita urugʼlari yetishtiruvchi «Nath Bio-Genes» kompaniyasi rahbari Venkatesh Kulkarni Hindistonning innovatsiyalar elchilar etib tayinlagan. Ular bilan tegishli sohalarda yaqindan hamkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Global koronavirus pandemiyasi sharoitida yoʼl xaritasiga koʼra amalga oshirilishi lozim boʼlgan ishlar vaqtinchalik ortga surilgan boʼlsa-da, hindistonlik farmatsevtika kompaniyalarining mazkur virusga qarshi preparatlarni yaratish yoʼlidagi tadqiqotlarini birgalikda amalga oshirish istiqbollarini muhokama qilish mumkinligi haqida ham uchrashuv davomida fikr bildirildi.

Shu bilan bir qatorda innovatsiya va ilm-fan sohalaridagi oʼzbek-hind aloqalarni yanada mustahkamlash zarurligi qayd etildi. Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Аbdurahmonov Hindistonning Yevropa Ittifoqidagi elchisi etib tayinlangan Santosh Janing kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Uchrashuv doʼstona ruhda oʼtdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться