O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ilmiy-texnik kengashlar rahbarlari bilan uchrashuv oʼtkazildi

2020-07-06 | Fan

3-iyul kuni Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi fan yoʼnalishlari boʼyicha Ilmiy texnik kengashlar (ITK) rahbariyatining vazir Ibrohim Аbdurahmonov raisligida majlisi boʼlib oʼtdi. Majlisda ITK raislari, rais oʼrinbosarlari va ilmiy kotiblari ishtirok etdilar.

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida fan yoʼnalishlari boʼyicha 16 ta va startap loyihalarini ekspertizadan oʼtkazish uchun bitta Ilmiy-texnik kengash faoliyat yuritadi. Bugungi kunga kelib ITKlar tarkibiga jami 450 nafardan ortiq olimlar, startaplar boʼyicha ITKlarga esa 20 nafardan ortiq biznes vakillari va startapchilar jalb qilingan. Bunda 7 nafar akademik, 172 nafar professor, 55 nafar dotsent, 63 ta fan doktori va 37 ta fan nomzodi,14 ta falsafa doktori (PhD) mavjud. Аʼzolarning oʼrtacha yoshi 52 yoshni tashkil etmoqda.

Yigʼilishda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Innovatsion rivojlanish vaziriligi yangi binosiga tashrifi davomida bergan topshiriqlarining ijrosi muhokama qilindi.

Tadbirda ITKning dastlabki majlislarida Oʼzbekiston Respublikasi «Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʼgʼrisida»gi Qonuni, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan «Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi toʼgʼrisidagi nizom», “«Startap» loyihalarni tanlab olish va moliyalashtirish tartibi toʼgʼrisidagi nizom”, «Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashlar toʼgʼrisidagi nizom»ning mazmun-mohiyati tushuntirilgani qayd etildi. Oʼz navbatida har bir ITK aʼzosi tomonidan korruptsiyani oldini olish maqsadida majburiyatnoma imzolangani ham aytib oʼtildi.

Ibrohim Аbdurahmonov Vazirlik tomonidan oʼtkazilayotgan ilmiy faoliyatga doir Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajariladigan ilmiy-texnik loyihalar tanloviga topshirilgan loyihalarni ITK majlislarida oʼrnatilgan tartibda shaffof, obʼektiv va odilona oʼtkazilishi borasida gapirarkan, ekspertiza xulosalari, ITK qarorlarini oʼrnatilgan tartibda rasmiylashtirilishi, koʼchirmakashlikka yoʼl qoʼymaslik, loyiha ijrochilarining salohiyatiga alohida eʼtibor qaratilishi lozimligi taʼkidladi.

Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi mamlakatimizda innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama rivojlantirishga, mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiradi hamda ilmiy-tadqiqot, taʼlim va boshqa muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari va loyihalarining yagona buyurtmachisi hisoblanadi.

Davlat boshqaruvi organlari, xoʼjalik birlashmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari davlat buyurtmasiga kiritish uchun iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning mavjud muammolarini va real ehtiyojlarini chuqur tahlil qilish va hududiy muammolarni hal etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar boʼyicha belgilangan tartibda va shaklda asoslangan takliflar tayyorlab, Innovatsion rivojlanish vazirligining rasmiy soʼroviga asosan yoki ixtiyoriy ravishda koʼrib chiqish uchun muntazam ravishda taqdim etishlari mumkin.

Bugungi kunga qadar ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida eʼlon qilingan 29 ta tur davomida 16 ta fan yoʼnalishi boʼyicha umumiy qiymati 494,47 mlrd soʼm boʼlgan jami 331 ta, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb muammolari boʼyicha esa umumiy qiymati 16,1 mlrd soʼm boʼlgan 20 ta, yosh olimlarning amaliy va innovatsion loyihalari tanlovi uchun umumiy qiymati 30,1 mlrd soʼm boʼlgan 30 ta, umumiy qiymati 540,67 mlrd soʼm boʼlgan jami 381 ta amaliy hamda innovatsion loyihalar mavzulari eʼlon qilindi. Eʼlon qilingan tematik mavzularning 169 tasi innovatsion, 212 tasi amaliy loyihalar mavzulari hisoblanadi.

Yigʼilish davomida olimlar ilmiy loyihalar tanlovlariga hujjatlarni topshirish, grant mablagʼlarini oʼzlashtirish boʼyicha qator savollariga javoblar oldilar. Xususan grantlarga hujjatlar topshirish boʼyicha amaliy mashgʼulotlar, mahorat darslari tashkil etish lozimligi qayd etildi. Oʼz navbatida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan aynan shu masalaga qaratilgan maxsus yoʼriqnomalar yaratilishi lozimligi taʼkidlandi. Bunda ilmiy loyihalar tanlovlarida gʼoliblikni qoʼlga kiritgan olimlarning tajribalari misol tariqasida keltirilishi, ularning bosib oʼtgan yoʼllari tahliliy aks ettirilishi kurakligi haqida gapirildi.

Shuningdek olimlar laboratoriyalarga asbob-uskunalar sotib olish uchun birja xaridlarida ayrim qiyinchiliklarga duch kelayotganliklari va bu muammoning yechimini topa olmayotganini aytdilar. Vazir bu masalani hal etishda birja maklerlarining xizmatidan foydalanish samarali natijalarga olib kelishi mumkinligi borasida maslahat berdi.

Oʼz navbatida olimlarga davlat buyurtmasiga kiritish uchun tematik loyiha eʼloni uchun takliflarni shakllantirishda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratilishi shartligi eslatildi:

-ilmiy-tadqiqot mavzusining dolzarbligi va tematik loyiha mavzusida aniq yakuniy mahsulotga buyurtmani aks etganligi;

-fan va texnologiyalar rivoji uchun ustuvorligi;

- iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va respublika hududlarining aniq muammolarini hal etishga qaratilganligi;

-loyiha natijasida yakuniy mahsulotni yaratilishi asoslanganligi;

-ishlanmaning raqobatbardoshliligi;

-tayyor mahsulotni ishlab chiqishga yoʼnaltirilganligi;

-loyiha natijalarining tijoratlashtirish imkoniyatining mavjudligi;

-loyihaning natijadorligi (mahsulot yoki takomillashtirilgan texnologiya);

-loyihaning moliyalashtirish prognoz hajmlari belgilanganligi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться