O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari ichida ilk bora Yaponiya hukumati dasturi g‘olibligini qo‘lga kiritdi

2020-06-28 | Innovatsiya

O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi va Tottori Universiteti professori Kristina Toderich hamkorligida SATREPS-2020 (Yaponiya) tanloviga taqdim etilgan loyiha moliyalashtirishga tasdiqlandi. 

Ushbu loyiha Yaponiya fan va texnologiyalar agentligi (JST) tomonidan tanlab olingan 10 ta xalqaro loyihadan eng yaxshi loyiha deb topildi.
 
«Orolbo‘yi mintaqasida tuproqning sho‘rlanishiga qarshi kurash, yerning unumdorligi va oziq-ovqat xavfsizligini oshirish uchun suv resurslaridan foydalanishni monitoring va nazorat qilishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish» mavzusidagi ushbu loyiha – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovasiya markazi tomonidan Kioto Universiteti professori Kenji Tanaka va doktor Temur Xo‘janazarov hamda Yaponiyaning yetakchi 8 ta universiteti olimlari hamkorligida ishlab chiqilgan. Loyihani amalga oshirishga O‘zbekiston tomonidan – «UzGIP» MChJ, Gidrometereologiya markazi, Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti, Toshkent Agrar universitetining Qoraqalpoq filiali, Nukus davlat universiteti, hamda xususiy sektor vakillari – Qoraqalpog‘iston Respublikasidan PANAEV FARMS va "AKMANGIT-LAKRITSA" tashkilotlari jalb etilgan.
 
SATREPS – xalqaro tadqiqotlarni hamkorlikda rivojlantirish maqsadiga qaratilgan Yaponiya davlat dasturi bo‘lib, ushbu dastur Yaponiya fan va texnologiyalar agentligi (JST), Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) hamda qabul qiluvchi davlat o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik asosida tashkil etilgan.
 
Mazkur dasturga JST Agentligi tomonidan 2020-moliyaviy yil uchun uch sohada – atrof-muhit/energetika, bioresurslar hamda tabiiy ofatlarning oldini olish va yumshatish bo‘yicha faoliyat yurituvchi Yaponiya tadqiqotchilaridan 95 ta loyiha taqdim etildi. Ushbu dastur doirasida tashqi ekspertlardan iborat qabul komissiyasi tomonidan 10 ta loyiha – Osiyo tadqiqotchilari bilan hamkorlikda 5 ta, Afrika bilan 2 ta, Janubiy Amerika bilan 2 ta va Yevropa bilan hamkorlikdagi 1 ta loyiha tanlab olingan.
 
SATREPS dasturida raqobat juda kuchli bo‘lib, u qat'iy ilmiy va texnikaviy tamoyillar bo‘yicha bir necha bosqichlarda o‘tkazildi. Barcha taqdim etilgan loyihalarning faqat 10 foizigina yakuniy tanlovga yetib keladi.
 
Yaponiya fan va texnologiyalar agentligi (JST) va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan Orolbo‘yi xalqaro innovasiya markazining ushbu loyihasi yuqori baholandi. Ta'kidlash lozimki, SATREPS dasturi O‘zbekistonda va umuman Markaziy Osiyoda birinchi marta amalga oshiriladi. Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi ishtirokidagi loyiha birinchi marta mazkur dasturda tanlab olindi, natijada O‘zbekiston SATREPS dasturi uchun tanlab olingan 51 davlat ro‘yxatiga kirdi.
 
Ushbu loyihada Orolbo‘yi mintaqasida yerlarning unumdorligini oshirish va suvdan foydalanish imkoniyati cheklangan mahalliy aholining farovonligini yaxshilash maqsadida zamonaviy iqlim o‘zgarishlarini kuzatish markazini tashkil etish, meteorologik monitoringlar olib borish, shuningdek sho‘rlangan sharoitda qishloq xo‘jaligiga yangi yapon texnologiyalarini joriy etish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalarni jalb qilish ko‘zda tutilgan.
 
Loyiha kuchli sho‘rlangan sharoitda, ayniqsa Amudaryo del'tasida O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan talablarni hisobga olgan holda meteorologik kuzatuvlar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri prognozlashning yangi tizimini yaratishga, shuningdek ekinlarni diversifikasiya qilish va almashlab ekishning eng yaxshi mahalliy va yapon texnologiyalarini kengaytirishga, qo‘shilgan qiymatni baholash va tayyor qishloq xo‘jaligi mahsulotlari marketingini olib borishga yo‘naltirilgan. Loyihani amalga oshirish to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqlim o‘zgarishiga moslashish va oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanish sifatini barqaror rivojlantirishga qaratiladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться