O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʼyi xalqaro Innovatsiya markazi faoliyatini rivojlantirish Strategiyasi ishlab chiqilmoqda

2020-07-20 | Innovatsiya

Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʼyi xalqaro Innovatsiya markazi tomonidan «Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʼyi xalqaro Innovatsiya markazi faoliyatini rivojlantirish Strategiyasini ishlab chiqish» loyihasining dastlabki bosqichida olib borilgan ishlarga bagʼishlangan seminar oʼtkazildi.

Seminarda xalqaro tashkilotlar vakillari, vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari ishtirok etdilar. Innovatsion rivojlanish vaziri oʼrinbosari А. Nazarov, Shoʼrlanish sharoitida biodexqonchilik xalqaro markazining (ICBA) Oʼrta Osiyo va Kavkaz davlatlaridagi koordinatori А. Karimov, Islom taraqqiyot bankining Oʼzbekistondagi vakolatxonasi rahbari X. Xasanov, Orolboʼyi xalqaro Innovatsiya markazi direktori N. Mirzamuratov, “KPMG LLC” konsalting kompaniyasi departamenti rahbari I. Kortetskiy seminar ishtirokchilariga qutlov nutqlari bilan murojaat qildilar.

– Orol dengizining qurishi – zamonamizning eng yirik global ekologik fojiasi va oʼtkir muammolaridan biridir, – dedi Аzimjon Nazarov. – Uning oqibatlari butun hududning barqaror rivojlanishiga salbiy taʼsir koʼrsatishda davom etmoqda. Shunday ekan, Orolboʼyi xalqaro Innovatsiya markazi va uning kelajakda tutgan oʼrni,, ish faoliyatining natijadorligi, Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish mazkur tadbir ishtirokchilarining saʼy harakatlariga chambarchas bogʼliq.

Oʼzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Orolboʼyi xalqaro Innovatsiya markazi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Islom taraqqiyot banki va Shoʼrlanish sharoitida biodexqonchilik xalqaro markazining (ICBA) ilmiy texnik koʼmagida tashkil qilingan boʼlib, Oʼzbekiston Respublikasi hukumati va Islom taraqqiyot banki oʼrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq Oʼzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Orolboʼyi xalqaro Innovatsiya markazini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tender tanlovlari eʼlon qilingan edi. Ushbu tanlov natijasiga koʼra imkoniyatlari yuqori baholandi va Orolboʼyi xalqaro innovatsiya markazi faoliyatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish boʼyicha oʼz ish faoliyatini boshladi.

Endilikda “KPMG LLC” xalqaro konsalting kompaniyasi Orolboʼyi xalqaro markazi faoliyatini muvaffaqiyatli rivojlantirishga qaratilgan faoliyat olib boradi. Xususan, Orol dengizining qurib qolgan qismidagi shoʼrlangan yerlarda ekotizimni yaxshilash hamda munosib hayot faoliyatini taʼminlash maqsadida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish, sinovlar oʼtkazish uchun tajriba dalalarini tashkil etish, innovatsion texnologiyalar va yondashuvlarni hayotga tatbiq etish strategiyasi ishlab chiqiladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться