O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Grant asosida moliyalashtirilgan ilmiy loyihalar monitoringi davom etmoqda
2020-06-29 | Fan
Milliy ilmiy-tadqiqotlar va ishlanmalarni moliyalashtirish usullaridan biri tanlov asosida moliyalashtirishdir. Ilmiy jamoatchilik va mustaqil ekspertlarning fikricha, grant loyihalari tanlovlari — moliyalashtirishning eng shaffof turi sanaladi. Grant tizimi nafaqat malakali ilmiy ekspertiza orqali istiqbolli loyihalarni saralab olish, balki ilmiy-tadqiqot ishlarining sifatini nazorat qilishning samarali vositasi hisoblanadi.
Vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy taʼlim muassasalari tomonidan ilmiy faoliyatga doir davlat dasturlari doirasida bajarilgan hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan innovatsion va amaliy loyihalarning taqvimiy reja boʼyicha bajarilishi yuzasidan monitoringi oʼtkazildi. Monitoring davomida vazirlik xodimlari va mutaxassislardan tashkil topgan ishchi guruh aʼzolari bajarilgan loyihalarni quyidagi talablar asosida monitoring qilishmoqda:
- bajarilgan loyihaning maʼlum bir fan tarmogʼidagi mavjud muammo yechimi hamda yakuniy mahsulotga qaratilganligi;
- loyihaning tijoratlashtirish imkoniyatining mavjudligi hamda ilmiy samaradorligi;
- loyiha uchun ajratilgan mablagʼning oʼrinli sarf etilganligi;
- loyiha doirasida moddiy-texnika ham laboratoriya jihozlarining sotib olinganligi;
- loyiha doirasida eʼlon qilingan ilmiy nashrlar koʼrsatkichlari.
Vazirlik xodimlaridan tashkil topgan ishchi guruh navbatdagi monitoringda ilmiy faoliyatga doir davlat dasturlari doirasida bajarilgan quyidagi loyihalarning monitoringi olib borildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi