O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsiya

Qayta tiklanuvchi energiya hajmini bashorat qilish tizimini yaratish masalalariga bagʻishlangan xalqaro anjuman oʻtkazildi

05.10.2021InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Energetika vazirligi va USAID agentligining “Kelajak energiyasi” bilan hamkorlikda olib borilayotgan “Oʻzgaruvchan qayta tiklanuvchi energiya manbalarining respublika energiya tizimiga taʼsirini oʻrganish” loyihasi doirasida xorijiy ekspertlar ishtirokida tadbir oʻtkazildi.

Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan seminar oʻtkazildi

30.09.2021InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vazirligida “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirishning ustuvor vazifalari” mavzusida seminar oʻtkazildi. Seminarda Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Shahlo Turdiqulova, Innovatsion rivojlanish vazirining Yuqori martabali xalqaro maslahatchisi Karsten Xayns ishtirok etdilar.

Toshkent shahrida “Innovatsion kun Toshkent-2021” biznes anjumani bo‘lib o‘tdi

23.09.2021InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Toshkent shahrida “Hozirgi va istiqboldagi qiyinchiliklarga qaramay oʻzbek kompaniyalari oʻz biznesini qanday rivojlantirish va oʻstirishlari mumkin” mavzusida “Innovation Day Tashkent-2021” biznes anjumani boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbir IT Park tomonidan tashkil etildi.

Oʻzbekiston Global innovatsion indeks reytingida 7 pogʻona koʻtarildi

21.09.2021InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

20-sentyabr kuni AQSHning Kornel universiteti, Fransiyaning Insead biznes maktabi va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti Global innovatsion indeks reytingini eʼlon qildi. Oʻzbekiston Global innovatsion indeks reytingida 132 davlat orasida 86-oʻrinni egalladi. Bundan avval mamlakatimiz reytingda 2020-yil 93-oʻrin va 2015-yilda 122 oʻrinlarni egallagan edi.
Global innovatsion indeksi 20-sentyabr sanasida eʼlon qilgan nashrining nomi “COVID-19 inqirozi orqali innovatsiyalarni kuzatish” boʻlib, hisobot COVID-19 inqirozning global innovatsiya koʻrsatkichlariga taʼsirini baholaydi.

Innovatsion rivojlanish vaziri Tatariston Prezidenti bilan uchrashdi

16.09.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

15-sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanov bilan uchrashdi. Uchrashuv Qozon shahrining Kremlida boʻlib oʻtdi.

Innovatsion rivojlanish vazirligining 12 nafar xodimi "O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi" esdalik nishoni bilan taqdirlandi

31.08.2021InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan ilm-fan va innovatsiya sohalarida jamiyat hamda davlat hayotini har tomonlama rivojlantirish hamda fidokorona mehnatlari uchun tag‘dirlanishdi.

Jami 16 ta ilmiy, startap va tijoratlashtirishga tayyorlash loyihalari moliyalashtirishga tasdiqlandi

26.08.2021InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vazirligi Hayʼatining navbatdagi yigʻilishida 2021-2024-yillarda amalga oshiriladigan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga kiritiladigan 8 ta amaliy loyiha, 2021-2023-yillarda amalga oshiriladigan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga kiritiladigan 2 ta innovatsion loyiha, 2021-2026-yillarda amalga oshiriladigan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga kiritiladigan 1 ta fundamental loyiha, 2 ta moliyalashtiriladigan startap loyihalari hamda 3 ta tijoratlashtirishga tayyorlash loyihasi moliyalashtirilishi tasdiqlandi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi delegatsiyasi Belarusning “Great Stone” sanoat parki bilan tanishdi

25.08.2021InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi delegatsiyasi 23-25-avgust kunlari Minsk shahriga xizmat safari bilan tashrif buyurdi.

Qashqadaryo viloyatida startap loyihalar tanlovi oʻtkaziladi

24.08.2021InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi oʻrtasida Qashqadaryo viloyatida startap loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha tanlov tashkil etish yuzasidan oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandumni innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Qashqadaryo viloyati hokim Zoir Mirzayev videokonferens aloqa orqali oʻtkazilgan uchrashuvda masofadan imzoladilar.

Toshkent shahar Olmazor tumanini innovatsion hududga aylantirish boʻyicha memorandum imzolandi

24.08.2021InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Toshkent shahri Olmazor tumani hokimi Azizxon Umarxonov Olmazor tumanini innovatsion hududga aylantirish yuzasidan oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzoladilar.

Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanini innovatsion hududga aylantirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda

17.08.2021InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsiyalarga ehtiyoji har jabhada yaqqol sezilmoqda. Shunga monand ommaning ularga qiziqishi ham tobora ortmoqda. Davlatimiz rahbari taʼbiri bilan aytganda, iqtisodiyotning taraqqiyoti doimo maqbul innovatsion strategiya, eng so‘nggi ilmiy-texnik yutuqlardan foydalanish, axborot texnologiyalari imkoniyatlarini keng joriy etishga bog‘liq.

Koreya Eksimbanki: O‘zbekiston bilan hamkorlikni yanada kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlari

19.06.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida vazirning birinchi o‘rinbosari L.Kudratov Koreyaning Eksimbanki vakolatxonasi rahbari Cho In-Gyu bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fizika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosiga bagʻishlangan press-konferensiya boʻlib oʻtdi

02.06.2021FanManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Bir necha asrlar davomida aniq va tabiiy fanlar Oʻzbekiston zaminida keng rivojlanib, Oʻrta Osiyo hududi dunyo intellektual markazi boʻlib kelgan. Yurtimiz hududida yuzaga kelgan birinchi va ikkinchi Renessans davri butun dunyo tan oladigan mashhur daholarni yetishtirib berdi.

Prezident: Xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha kelajak uchun mustahkam poydevor bo‘ladigan yangi tizimni yo‘lga qo‘yish vaqti-soati keldi

06.05.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 6-may kuni chet tillarini o‘qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ar-Riyodda yuqori darajadagi uchrashuvlar davom etmoqda

04.05.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Joriy yilning 3-may kuni O‘zbekiston Respublikasi hukumati delegatsiyasining Saudiya Arabistoniga tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Saudiya Arabistoni Mehnat va ijtimoiy taraqqiyot vazirligi hamda Davlat investitsiya jamg‘armasi rahbariyati bilan uchrashdi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi “Olima ayollar grantlari” tashabbuskor amaliy va innovatsion loyihalar tanlovini eʼlon qiladi (40-tur))

05.03.2021InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Tanlovning asosiy maqsadi – respublikamizda xotin-qizlarni ilm-fanga keng jalb qilish, fan-taʼlim va iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalarida ilmiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan xotin-qizlarning yangi gʻoya va ishlanmalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish uchun ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan tashabbuskor amaliy va innovatsion loyihalar natijalari boʻyicha iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning mavjud muammolari, real ehtiyojlari hamda hududiy muammolarni hal etishga qaratilgan ilmiy hajmdor mahsulotlar va innovatsion texnologiyalarni yaratishdan iborat.

O‘zbekiston Prezidenti BAA delegasiyasini qabul qildi

03.03.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-mart kuni Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Forum doirasida bir qator kelishuvlar imzolandi

27.02.2021FanManba: O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

25-26-fevral kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligida oʼtkazilgan ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish Forumi doirasida FА ilmiy-tadqiqot muassasalari olimlari oʼz ishlanmalari bilan ishtirok etishdi.