O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Investitsiya

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari va Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri savdo, turizm, energetika va kimyo sanoati sohalarida qo‘shma loyihalarni hayotga tatbiq etish masalalarini muhokama qildi

09.02.2021IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov kecha Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Holid al-Falih bilan telekonferensaloqa orqali muzokaralar o‘tkazdi.

Andijon va Toshkent viloyatlaridagi investitsiya loyihalari taqdimot qilindi

09.02.2021SiyosatManba: O'zA

Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-fevral kuni Andijon va Toshkent viloyatlaridagi investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

Delegatsiya Sirdaryo IES qurilish maydoniga tashrif buyurdi

08.02.2021IqtisodiyotManba: Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi
Joriy yilning 8-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov, Energetika vaziri Alisher Sultonov va boshqa mas'ul mutaxassislardan iborat delegatsiya Sirdaryo viloyatida barpo etilayotgan yangi IES qurilish maydoniga tashrif buyurdi.

Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi O‘zbekistonda investitsiyaviy ishtirokini kengaytirmoqda

08.02.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Joriy yilning 7-fevral kuni videokonferensiya shaklida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi Direktorlar kengashi raisi, O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni Ishbilarmonlar kengashi hamraisi Muhammad Abunayyan bilan joriy qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish sohasida investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilishga bag‘ishlangan muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va ITB o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

08.02.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 7-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Islom taraqqiyot banki (ITB) Prezidenti Bandar Hajar bilan qo‘shma loyiha va tashabbuslarni amalga oshirishning joriy holati hamda yaqin kelajakda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bilan bog‘liq qator masalalarni muhokama qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Islom taraqqiyot banki Guruhi Boshqaruvchilari Kengashi Raisi etib saylandi

08.02.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston tarixida birinchi marta Islom taraqqiyot banki (ITB) Guruhi Boshqaruvchilari Kengashi – Bank oliy boshqaruv organi Raisi etib O‘zbekiston tomonidan Boshqaruvchi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov saylandi.

Farg‘ona viloyatida “Loyihalar fabrikasi” faoliyati kuchaytiriladi

08.02.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 6-fevral kuni Farg‘ona shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Farg‘ona viloyati yoshlar vakillari – “Loyihalar fabrikasi” xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Shavkat Mirziyoyev: Bu korxona - tarixiy an’analarning sanoat darajasida qayta tiklanishi

05.02.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 6-mayda Farg‘ona viloyatida bo‘lganida toshdan qog‘oz ishlab chiqarish loyihasi taqdimot qilingan edi. Bugungi kunda ushbu loyiha Farg‘ona shahrida «Fergana stone paper» korxonasi bo‘lib amalga oshdi.

Investitsiyalar va qurilish statistikasi ko‘rsatkichlarni shakllantirish va tahlil qilish bo‘yicha seminar tashkil qilindi

04.02.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi

2020- yilning 1- iyun kuni davlatimiz rahbari boshchiligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston–Britaniya kengashining 25-yig‘ilishi o‘z ishini boshladi

03.02.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 3-fevral kuni videokonferensiya shaklida Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Britaniya kengashi (UBTIC) 25-yig‘ilishining ochilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston – Afg‘oniston: ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish yo‘lida

02.02.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 1-fevral kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning Afg‘oniston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Xanif Atmar va Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Muhammad Shokir Korgar boshchiligidagi Afg‘oniston delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Jahon banki bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

02.02.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 1-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori L.Burunchuk boshchiligidagi Jahon banki delegatsiyasi bilan ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qilish uchun uchrashuv o‘tkazdi.

Savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha O‘zbekiston – Pokiston Qo‘shma ishchi guruhining 1-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

01.02.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 1-fevral kuni Pokiston Islom Respublikasi Hukumati delegasiyasining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha O‘zbekiston – Pokiston Qo‘shma ishchi guruhining 1-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Farg‘ona viloyatining sanoat va eksport salohiyatini bo‘yicha ish olib borilmoqda

01.02.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 28-yanvar kunidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov boshchiligidagi hamda vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlaridan iborat ishchi guruhi Farg‘ona viloyati hududiy investitsiya dasturini shakllantirish va viloyatning sanoat va iqtisodiy salohiyatini oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish borasida faoliyat olib bormoqda.

Xalqaro to‘qimachilik brendlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda navbatdagi qadam

30.01.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 29-yanvar kuni Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi bilan hamkorlikda ekspertlar, xalqaro tashkilotlar, xorijiy mamlakatlar, dunyoning yetakchi to‘qimachilik brendlari, xalqaro moliya institutlari va taraqqiyot hamkorlari hamda ishbilarmon uyushmalar vakillari ishtirokida onlayn shaklda “O‘zbekistondan barqaror yetkazib berish” mavzusida biznes-anjuman o‘tkazildi.

O‘zbekistonga Afg‘oniston delegatsiyasi muzokaralar o‘tkazish uchun keldi

30.01.2021IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

Bugun O‘zbekistonga Afg‘oniston Prezidenti administratsiyasi rahbari Muhammad Shokir Korgar va tashqi ishlar vaziri Muhammad Hanif Atmar boshchiligidagi delegatsiya keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.

O‘zbekiston-Ozarbayjon biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

29.01.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 27-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, uning huzuridagi Xorijiy investisiyalarni jalb etish agentligi hamda Ozarbayjon Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Ozarbayjon Eksport va investitsiyalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi (AZPROMO) bilan hamkorlikda videokonferensiya shaklida O‘zbekiston-Ozarbayjon biznes-forumi tashkil etildi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida eksportchi tadbirkorlar uchun davra suhbati bo‘lib o‘tdi

29.01.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 27-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida 2000 ga yaqin mahalliy eksportchilar hamda kichik va o‘rta biznes vakillari ishtirokida tashqi savdo sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish hamda Respublikaning eksport salohiyatini oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni aniqlashga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi

28.01.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 27-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning Misr Arab Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor elchisi Amira Fahmiy bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston – Rossiya: farmatsevtika sohasida investitsiyaviy va savdo hamkorligining keng istiqbollari

28.01.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi o‘rtasidagi hamkorlik sanoat, mashinasozlik, metallurgiya sohalarida qo‘shma loyihalar hamda mintaqalararo aloqalarni jadallashtirish bo‘yicha tashabbuslarni qamrab oladigan keng ko‘lamli yo‘nalishlar borasida faol rivojlanayotgani bilan xarakterlanadi.