O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Farg‘ona viloyatida “Loyihalar fabrikasi” faoliyati kuchaytiriladi

2021-02-08 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 6-fevral kuni Farg‘ona shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Farg‘ona viloyati yoshlar vakillari – “Loyihalar fabrikasi” xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tdi – ishtirokchilar “Fabrika”ning bugungi faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashdilar, mavjud muammolarni muhokama qildilar va ularni hal etishning eng samarali mexanizmlarini bayon etdilar. Yosh mutaxassislar tadbirkorlar bilan ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari va erishilgan natijalari haqida so‘zlab berdilar, shuningdek, o‘zlari ishlab chiqqan bir qator investitsiya loyihalarini taqdim etdilar.
 
Suhbat chog‘ida “Fabrika” mutaxassislarining tadbirkorlar, viloyat, tuman va shahar miqyosidagi mahalliy hokimiyat organlari hamda tijorat banklari bilan o‘zaro hamkorligining barqaror tizimini yo‘lga qo‘yish zarurligi qayd etildi. Bu esa investitsiya loyihalari tashabbuskorlariga ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak sifati hamda samaradorligini ta'minlaydi, va umuman olganda, viloyatda investitsiya faolligiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
 
Yig‘ilishda ishtirok etgan bir qator tijorat banklari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlariga “Loyiha fabrikasi” faoliyatini har tomonlama kuchaytirish, u ko‘rsatayotgan xizmatlar bilan qamrab olingan viloyat tadbirkorlarining doirasini kengaytirish, shuningdek, xodimlar malakasini, shu jumladan, chet elda amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etish orqali oshirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться