O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi O‘zbekistonda investitsiyaviy ishtirokini kengaytirmoqda

2021-02-08 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 7-fevral kuni videokonferensiya shaklida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi Direktorlar kengashi raisi, O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni Ishbilarmonlar kengashi hamraisi Muhammad Abunayyan bilan joriy qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish sohasida investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilishga bag‘ishlangan muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi negizida qiymati 1,2 mlrd dollar va quvvati 1500 MVt bo‘lgan kombinasiyalashgan siklli issiqlik elektr stansiyasi qurilishining borishi ko‘rib chiqildi. Xususan, stansiyani barpo etishni jadallashtirish imkoniyatlari va bu yo‘nalishda ikki tomonlama hamkorlik qilish mexanizmlari muhokama etildi. Saudiya Arabistoni tomoni kompaniya 2023 yilning oxirigacha loyihani bunyod etish va ishga tushirish ishlarini yakunlashni rejalashtirayotganini ma'lum qildi.
 
Shuningdek, muloqot chog‘ida Buxoro va Navoiy viloyatlarida umumiy qiymati 1,3 mlrd dollar va umumiy quvvati 1000 MVt bo‘lgan ikkita shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha loyihalash ishlarini jadallashtirish vazifalari belgilab olindi. Ushbu ob'ektlarning ishga tushirilishi yiliga 15,6 mlrd kVt*soat miqdorida qo‘shimcha elektr energiyasi ishlab chiqarishni ta'minlaydi va stansiyalar qurilishi davomida 5 mingdan ortiq yangi ish o‘rni, ulardan foydalanish vaqtida esa 300 yangi ish o‘rni yaratilishi qayd etildi.
 
Bundan tashqari, O‘zbekistonda yangi quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurishni nazarda tutgan holda muqobil energetika sohasida investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha salohiyatli yo‘nalishlar bo‘yicha konstruktiv fikr almashildi. “ACWA Power” rahbariyati yangi keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirish orqali O‘zbekistonda investitsiyaviy ishtirokini kengaytirish niyatida ekanini ta'kidladi.
 
Saudiya delegasiyasining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida joriy yilning yanvar' oyida tashkil etilgan O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni Ishbilarmonlar kengashi platformasidan foydalanib, O‘zbekistonda loyihalarni amalga oshirish, jumladan, davlat banklari va aktivlarini xususiylashtirishda ishtirok etish orqali yirik Saudiya Arabistoni kompaniyalari orasidan yangi investorlarni jalb etish bo‘yicha yaqin hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
 
Muzokaralar yakunida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va yangi bitim va tashabbuslarni ishlab chiqish bo‘yicha keyingi tadbirlar belgilandi.
 
Ma'lumot uchun: “ACWA Power” elektr va chuchuklantirilgan suv ishlab chiqarish uchun uskunalar portfelining ishlab chiqaruvchisi, birgalikda egalik qiluvchisi va operatoridir. Ushbu uskunalar kuniga qiymati 61,2 mlrd dollarni tashkil etuvchi 38,7 GVt elektr energiyasi va 5,8 mln kub metr chuchuklantirilgan suv ishlab chiqaradi. Kompaniya taxminan 3500 kishini ish bilan ta'minlaydi va o‘zining xalqaro maydondagi faoliyatini Yaqin Sharq, Afrika, Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyodagi 12 mamlakatda amalga oshiradi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться