O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Islom taraqqiyot banki Guruhi Boshqaruvchilari Kengashi Raisi etib saylandi

2021-02-08 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston tarixida birinchi marta Islom taraqqiyot banki (ITB) Guruhi Boshqaruvchilari Kengashi – Bank oliy boshqaruv organi Raisi etib O‘zbekiston tomonidan Boshqaruvchi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov saylandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, o‘tgan yilning oktabr oyida S.Umurzakov Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) Boshqaruvchilari Kengashi Raisining o‘rinbosari etib saylangan edi.
 
Ma'lumot uchun: o‘z ichiga Islom taraqqiyot banki, Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha islom korporatsiyasi, Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi, Investisiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalash islom korporatsiyasi va Islom tadqiqot va ta'lim institutini olgan Islom taraqqiyot banki Guruhi 1974-yilda Jidda (Saudiya Arabistoni) shahrida tashkil etilgan. ITB a'zolari tarkibiga 57 mamlakat kiradi. Bank faoliyatining asosiy yo‘nalishi iqtisodiyotning strategik tarmoqlarida yirik infratuzilmaviy va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni moliyalashtirishdir.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться