O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Investitsiya

Sirdaryo viloyatida amalga oshiriladigan loyihalar ko‘rib chiqildi

02.03.2021SiyosatManba: O'zA

Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-mart kuni Sirdaryo viloyatining investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

O‘zbekistonda za'faron (shafran) noyob o‘simligining plantasiyalari ko‘paytiriladi

01.03.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi
Joriy yilning 1-mart kuni Jizzax viloyatining Baxmal tumanidagi “Uzunbuloq” QFY hududida za'faron o‘simligini yetishtirish hamda plantasiyalarini tashkil etish, ularni sanoat usulida qayta ishlashning samarali tizimini joriy etish, shuningdek, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish maqsadida BMB-OPERA ZAFFERANO O‘zbekiston-Italiya qo‘shma korxonasi faoliyati misolida ko‘rgazmali amaliy seminar tashkil etildi.

Turkiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

26.02.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Joriy yilning 26-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Turkiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Mehmet Sureyya Er bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Surxondaryo viloyatini kompleks rivojlantirishni rag‘batlantirish ishlari davom etmoqda

26.02.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 25-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari boshchiligida hamda vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari va tijorat banklari rahbarlaridan iborat ishchi guruh Surxondaryo viloyatida joylashgan qator sanoat va ijtimoiy obyektlarga tashrif buyurib, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining joriy holatini o‘rganish va uni rag‘batlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish bo‘yicha o‘z ishini davom ettirdi.

Surxondaryo viloyatini sanoat va ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish masalalari o‘rganilmoqda

25.02.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Joriy yilning 24-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligidagi ishchi guruh Surxondaryo viloyati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining joriy holatini o‘rganish va iqtisodiy jihatdan o‘sishini rag‘batlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish borasida o‘tgan hafta davomida tizimli ravishda amalga oshirilgan ishlarning oraliq yakunlarini sarhisob qildi.

Jizzax viloyatida amalga oshirilayotgan va istiqbolli investitsiya loyihalari o‘rganildi

24.02.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 23-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov boshchiligidagi ishchi guruh Jizzax viloyatining Paxtakor va Do‘stlik tumanlariga tashrif buyurdi.

Investorlarni manzilli qo‘llab-quvvatlash – muhim ustuvor maqsad

24.02.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 23-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov “Indorama” (Singapur) kompaniyasi direktori Prakash Kejrival bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Fransiyaning “Suez” kompaniyasi bilan hamkorlikning borishi muhokama qilindi

21.02.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 20-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov “SUEZ” kompaniyasining (Fransiya) katta ijrochi vitse-prezidenti Erik Gebali boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Namangan viloyati: qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy ishlar va aniq tadbirlar belgilandi

20.02.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 20-fevral kuni Namangan shahridagi studiyadan videokonferensiya shaklida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov boshchiligida hamda vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari ishtirokida Davlat rahbari tomonidan Namangan viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlarning sifatli va o‘z vaqtida ijrosini ta'minlash bo‘yicha ishlarni tashkil etishni muhokama qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Budapeshtda iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Vengriya hukumatlararo komissiyasining 6-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

19.02.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 17-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi hukumati delegatsiyasining Vengriyaga tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov va Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto raisligida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Vengriya hukumatlararo komissiyasi (HK)ning 6-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mahalladagi kichik sanoat zonasida 22 ta korxona bo‘ladi

18.02.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahridagi “Dashtbog‘” kichik sanoat zonasida bo‘ldi.

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Vengriya ishbilarmonlari vakillariga barcha qo‘shma loyihalar hamda tashabbuslarni amalga oshirishda davlatning har tomonlama yordami kafolatlanganligini taʼkidladi

18.02.2021IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Vengriyaga tashrifi doirasida kecha Budapesht shahrida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillarini jamlagan O‘zbekiston-Vengriya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Budapeshtda O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi investitsiya, savdo-iqtisodiy hamkorlikni yana-da kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi

18.02.2021IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

Kecha Budapeshtda O‘zbekiston O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqovning Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Vengriya Bosh vaziri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

17.02.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 16-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi hukumati delegatsiyasining Vengriyaga tashrifi doirasida Vengriya Bosh vaziri V.Orban Budapesht shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovni qabul qildi.

Jizzax viloyatining investitsiya loyihalari ko‘rib chiqildi

16.02.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-fevral kuni Jizzax viloyatining investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

15.02.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligida O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“O‘zstandart” agentligi) faoliyatini har tomonlama takomillashtirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston – Afg‘oniston hamkorligining amaliy jihatlari muhokama qilindi

14.02.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 13-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Afg‘oniston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Hanif Atmar va Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Muhammad Shokir Korgar bilan videokonferensiya shaklida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari hamda savdo-iqtisodiy, transport va logistika, madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro kelishuvlar amalga oshirilishini muhokama qildi.

O‘zbekiston – Qozog‘iston: iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash yo‘lida

14.02.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 13-fevral kuni O‘zbekiston – Qozog‘iston chegarasidagi “G‘isht – Ko‘prik” chegara bojxona posti hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning Qozog‘iston Respublikasi savdo va integratsiya vaziri B.Sultonov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida

13.02.2021HujjatlarManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Investitsiyalar va tashqi savdo sohalaridagi dolzarb masalalar muhokama qilindi

09.02.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 8-fevral kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligida investitsiyalar va tashqi savdo sohalarida 2021-yil uchun belgilangan birinchi navbatdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi.