O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va ITB o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

2021-02-08 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 7-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Islom taraqqiyot banki (ITB) Prezidenti Bandar Hajar bilan qo‘shma loyiha va tashabbuslarni amalga oshirishning joriy holati hamda yaqin kelajakda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bilan bog‘liq qator masalalarni muhokama qildi.

Muloqot chog‘ida ITB rahbariyati O‘zbekistonda Davlat rahbari boshchiligida aholi salomatligini muhofaza qilish va iqtisodiy faollikni bir maromda saqlash borasida o‘z vaqtida ko‘rilayotgan va xalqaro hamjamiyat tomonidan yuqori baholanayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini ta'kidladi.
 
Amalga oshirilayotgan loyihalar hayotga tatbiq etilishini ko‘rib chiqib, tomonlar ta'lim va sog‘liqni saqlash sohalarida ijtimoiy ahamiyatga molik yangi loyihalarni ishlab chiqish orqali ITBning O‘zbekistondagi investitsiya portfelini kengaytirish shart-sharoitlarini muhokama qildilar.
 
Kun tartibi doirasida joriy yilda O‘zbekistonda ITB Boshqaruvchilar Kengashining 46chi yillik yig‘ilishini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq amaliy masalalar ham ko‘rib chiqildi. Tomonlar uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish hamda aniq tadbirlar, muddatlar va mas'ul ijrochilari belgilangan alohida “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish bo‘yicha birgalikda ishni boshlash maqsadida tegishli ishchi guruhlarini shakllantirishni tezlashtirishga kelishib oldilar.
 
Shu o‘rinda Bank rahbariyati shu yilning iyun' oyida xalqaro media va ommaviy axborot vositalarida bo‘lajak uchrashuvni keng yoritishga bag‘ishlangan “roud-shou” o‘tkazish uchun ITB Prezidentining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish istiqbollarini ko‘rib chiqayotgani ma'lum qilindi.
 
Tadbirda Bankka a'zo 57 mamlakat, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining 3 mingga yaqin vakili ishtirok etishi kutilmoqda. Mazkur tashabbus O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga keng jamoatchilik e'tiborini jalb etish, shuningdek, ITB Guruhi bilan hamkorlik ko‘lamini kengaytirish va investitsiya portfelini oshirishga imkon berishi ta'kidlandi.
 
Muzokaralar chog‘ida “Mozori-Sharif – Kobul – Peshavor” trans-afg‘on temir yo‘lini qurish loyihasini amalga oshirishga alohida e'tibor qaratildi. ITB Prezidenti mazkur loyiha Bankning mintaqa mamlakatlari iqtisodiyotining o‘zaro bog‘liqligini oshirish, bozorlarni integratsiyalash hamda transport-logistika tizimlarini kengaytirish va modernizasiya qilish orqali yuk tashish xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan mintaqaviy hamkorlik sohasidagi siyosatiga mos kelishini tasdiqladi. Uning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalarning barqaror iqtisodiy rivojlanishida, aholi hayotini yaxshilashda va ishtirokchi mamlakatlarda kambag‘allikni qisqartirishning muhim omili bo‘lishi ta'kidlandi.
 
Muzokara yakunida ITBning sho‘'ba korxonalari – Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha islom korporatsiyasi, Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi va Investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalash islom korporatsiyasi resurslarini safarbar etish orqali ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, tomonlar epidemiologik vaziyat barqarorlashgani bilan O‘zbekistonda ITB mintaqaviy vakolatxonasini ochish imkoniyatini ko‘rib chiqishga kelishib oldilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться