O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Investitsiya

Farg‘ona va Namangan viloyatlarida investitsiya va eksport faoliyati masalalari muhokama qilindi

03.04.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 1-aprel kuni videokonferensiya shaklida Buxoro shahridagi studiyadan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning fevral' oyida Farg‘ona va Namangan viloyatlariga tashrifi chog‘ida berilgan topshiriqlar ijrosini hamda ushbu hududlarda investitsiya va tashqi savdo faoliyati masalalarini o‘rganishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Buxoro viloyati tadbirkorlari va eksportchilari diqqatiga!

31.03.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 1-aprel kuni Buxoro shahridagi Yoshlar markazi binosida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov ishtirokida Buxoro viloyati tadbirkorlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi.

O’zbekiston – Turkiya: ikki tomonlama aloqalarni izchil kengaytirish va mustahkamlash yo‘lida

27.03.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 26-mart kuni O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning Turkiya Respublikasining O’zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Olgan Bekar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Xorazm viloyatida 812 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi

23.03.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-mart kuni Xorazm viloyatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

Germaniya biznesi vakillari O’zbekistondagi xususiylashtirish jarayonlariga qiziqish bildirmoqda

23.03.2021IqtisodiyotManba: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Mehmonlarga bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan xususiylashtirish va transformatsiya jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Davlatimiz rahbari Chirchiq shahridagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi

18.03.2021SiyosatManba: O'zA

Chirchiq - Toshkent viloyatining eng yirik shaharlaridan biri. Hudud rivojlangani sari aholi soni ham ortib bormoqda. Shaharning Shodlik mahallasida qurilgan 4 ta 16 qavatli uy aholining o‘sib borayotgan talabini ta’minlashga qaratilgan. Ularda jami 288 xonadon bo‘ladi. To‘rtalasi ham shu yil foydalanishga topshiriladi.

“TST Rice” sholi zavodida zamonaviy sanoat zanjiri yaratilgan

18.03.2021SiyosatManba: O'zA

Davlatimiz rahbari Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanidagi “TST Sluster” klasteri tomonidan bunyod etilgan sholini qayta ishlash zavodi faoliyati bilan tanishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiyaning “LUKOYL” kompaniyasi rahbarini qabul qildi

16.03.2021SiyosatManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-mart kuni “LUKOYL” kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperovni qabul qildi.

O‘zbek va qirg‘iz bizneslarini o‘zaro yaqinlashtirish sari

11.03.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 11-mart kuni Qirg‘iziston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida Toshkent shahridagi «Yashnobod» texnoparki hududida O‘zbekiston – Qirg‘iziston biznes-forumi hamda O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasidagi Ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent viloyatida Qirg‘iziston kompaniyasi bilan hamkorlikda yirik chorvachilik majmuasi barpo etiladi

11.03.2021IqtisodiyotManba: «Xalq So'zi»
Ayni damda Toshkentda O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlatlari o‘rtasidagi yaqin qo‘shnichilik va o‘zaro hamdo‘stlik, biznes hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan birinchi ishbilarmonlar kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. 

Qoraqalpog‘istonda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari taqdimoti o‘tkazildi

10.03.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

O‘zbekiston – Turkiya ko‘p qirrali hamkorlik masalalari muhokama qilindi

10.03.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 9-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Islom taraqqiyot bankining Yillik yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazishga tayyorgarlik muhokama qilindi

09.03.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 9-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning Islom taraqqiyot banki (ITB) Guruhining Bosh kotibi Gassan al-Baba bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston – Pokiston investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorligi ko‘rib chiqildi

09.03.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Joriy yilning 8-mart kuni videokonferensiya shaklida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning Pokiston Bosh vazirining savdo, to‘qimachilik sanoati va investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdul Razzoq Dovud bilan ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari va savdo-iqtisodiy, transport va logistika, madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro kelishuvlarni amalga oshirishning hozirgi holati muhokamasiga bag‘ishlangan muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Toshkentda O‘zbekiston – Belarus Ishbilarmonlar kengashining 1-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

05.03.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 4-mart kuni Belarus Respublikasi hukumati delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida Toshkent shahrida O‘zbekiston – Belarus Ishbilarmonlar kengashining 1-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

05.03.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 4-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov va Belarus Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Subbotin raisligida O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va BAA hamkorlik natijalari va istiqbollarini muhokama qildi

03.03.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 3-mart kuni Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakovning Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl bin Muhammad al-Mazrui bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Prezidenti BAA delegasiyasini qabul qildi

03.03.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-mart kuni Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.