O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston – Rossiya: farmatsevtika sohasida investitsiyaviy va savdo hamkorligining keng istiqbollari

2021-01-28 | Iqtisodiyot

Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi o‘rtasidagi hamkorlik sanoat, mashinasozlik, metallurgiya sohalarida qo‘shma loyihalar hamda mintaqalararo aloqalarni jadallashtirish bo‘yicha tashabbuslarni qamrab oladigan keng ko‘lamli yo‘nalishlar borasida faol rivojlanayotgani bilan xarakterlanadi.

Bu yo‘nalishlarning barchasi O‘zbekiston Respublikasi Iivestitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda tashkil etilgan «Loyiha ofisi» doirasida ishlab chiqilmoqda. Jumladan, ikki mamlakat vazirlik va idoralarining manzilli uchrashuvlari tashkil etilib, unda bo‘lajak sheriklar o‘rtasidagi hamkorlikning amaliy jihatlari muhokama etiladi.
 
Yana bir shunday tadbir Rossiya farmatsevtika kompaniyalari delegatsiyasi tashrifi bo‘ldi. Tashrif davomida Rossiya tomoni tarmoq doirasida hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini o‘rganish, O‘zbekiston farmatsevtika sanoatini ravnaq topshtirish rejalari bilan tanishish, O‘zbekiston farmatsevtika kompaniyalarining ishlab chiqarish, texnologik va iqtisodiy imkoniyatlarini tahlil qilish va baholashni o‘tkazishni rejalashtirmoqda. O‘rganish natijalariga muvofiq, Rossiya farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari orasidan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun bo‘lajak hamkorlar aniqlanadi.
 
Tashrif doirasida joriy yilning 27-yanvar kuni Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi vakillari hamda Rossiya farmatsevtika kompaniyalari rahbariyatining O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralari rahbarlari bilan kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
 
Uchrashuvda hamkorlikning keng ko‘lamli amaliy jihatlari, xususan, O‘zbekiston tibbiyot muassasalarida amalda bo‘lgan dori-darmon, tibbiy asbob-uskunalar va boshqa tibbiy mahsulotlar xarid qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha qoida va tartiblari muhokama etildi.
 
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi, shuningdek, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi rahbariyati va ekspertlari mehmonlarni sohani rivojlantirishning joriy holati hamda istiqbolli yo‘nalishlari, xorijiy kompaniyalar bilan birgalikda loyihalarni hayotga tatbiq etishga jalb qilishga mo‘ljallangan amaldagi imtiyozlar, preferensiyalar, tartibga soluvchi choralar va shartlar, ishlab chiqariladigan va import qilinadigan dori vositalari ro‘yxati bilan tanishtirdi.
 
Delegatsiya vakillari bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun Rossiya kompaniyalarini jalb etish bo‘yicha ishlab chiqilgan aniq loyihaviy takliflar ko‘rib chiqildi hamda ularga farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan «Tashkent Pharma Park» innovatsion tadqiqot va ishlab chiqarish klasteri hamda bir qator erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) kabi Respublikada tashkil qilingan investitsiyalarga va ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan maydonlar haqida batafsil ma'lumot berildi.
 
Yaqin orada delegatsiya a'zolari O‘zbekiston farmatsevtika sanoati subyektlari bilan hamkorlik qilish mexanizmlarini ishlab chiqish maqsadida o‘zbek tadbirkorlari bilan bevosita aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda aniq loyihaviy takliflarni belgilash bo‘yicha ishlarni davom ettiradi. Delegatsiyaning Respublikadagi faoliyati doirasida mamlakatimizning turli hududlaridagi korxonalarga tashrif buyurgan holda 25 dan ortiq o‘zbek farmatsevtika kompaniyalari vakillari bilan «V2V» shaklida qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться