O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Investitsiya

Jahon banki bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha keyingi qadamlar rejalashtirildi

30.04.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 29-aprel kuni videokonferensiya shaklida Jahon banki Guruhining Bahorgi yig‘ilishlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov hamda Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse – prezidenti Anna B'erde o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Iqtisodiy zonalar infratuzilmasini yaxshilash uchun 1 trillion 600 milliard so‘m ajratiladi

27.04.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-aprel kuni erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Samarqand viloyatida investitsiyalarni jalb etish, tashqi savdoni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga yangicha yondashuv

27.04.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 24-aprel kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Samarqand viloyatida investitsiyalarni jalb etish, tashqi savdoni rivojlantirish va ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha yangi ish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha viloyat aholisiga murojaat qildi.

Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni kompleks rag‘batlantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi

24.04.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
Joriy yilning 22-aprel kuni Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov boshchiligida hamda vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari ishtirokida Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni kompleks rag‘batlantirish chora-tadbirlarini muhokama etishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari tadbirkorlari masalalarini hal etish ishlari faol davom etmoqda

23.04.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Joriy yilning 21-aprel kuni videokonferensiya shaklida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligida Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan Buxoro va Navoiy viloyatlarida tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar doirasida berilgan ko‘rsatmalar ijrosi, shuningdek, ushbu hududlarda investisiyaviy va tashqi savdo faoliyati bilan bog‘liq qator masalalar muhokama qilindi.

Surxondaryo viloyati tadbirkorlarining muammoli masalalari ko‘rib chiqildi

22.04.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 21-aprel kuni Davlat rahbarining topshirig‘iga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov boshchiligidagi hamda vazirliklar, idoralar, sanoat birlashmalari va tijorat banklari rahbarlaridan iborat Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tadbirkorlar muammolarini aniqlash va hal etish uchun Surxondaryo viloyatiga yo‘l oldi.

Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi ustidan nazorat onlayn tarzda olib boriladi

21.04.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishga tushirildi. 

Yaponiya va Koreya Respublikasi bilan investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikning borishi ko‘rib chiqildi

21.04.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 20-aprel kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov rahbarligida Yaponiya va Koreya Respublikasi bilan investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikning bugungi holatini hamda oliy darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha erishilgan ikki tomonlama kelishuvlar amalga oshirilishini o‘rganishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston – Rossiya: kelishuvlarning sifatli bajarilishi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish kalitidir

15.04.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 14-aprel kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari A.Overchuk bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Hindiston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

13.04.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 12-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov videokonferensaloqa orqali Hindiston Respublikasi Temir yo‘llar, savdo va sanoat vaziri P.Goyal bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Investitsiya va tashqi savdo faoliyati sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi

13.04.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 12-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasidagi studiyadan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligida investitsiyalar va tashqi savdo sohalaridagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, shuningdek, Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hukumat komissiyasi qarorlarining shu yilning 1-choragi yakunlari bo‘yicha ijrosi tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Investitsiya va shaharsozlik loyihalari bilan tanishildi

13.04.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-aprel kuni Toshkent shahrida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

O‘zbekiston – Pokiston hamkorligining amaliy jihatlari muhokama qilindi

09.04.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 9-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazirining savdo va investitsiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdul Razzoq Dovud bilan videokonferensiya shaklida muzokaralar o‘tkazdi.

O‘zbekiston va Turkiya savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlamoqda

09.04.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 8-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Turkiya Respublikasi savdo vaziri Ruxsar Pekjan bilan uchrashdi.

Toshkentda Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – BAA Hukumatlararo komissiyasining 4-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

08.04.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 7-aprel kuni videokonferensiya shaklida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Hukumatlararo komissiyasining 4-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Toshkentda YeOII sanoat siyosati Kengashining 3-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

06.04.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Toshkent shahrida “INNOPROM. O‘zbekistonda katta sanoat haftaligi” Xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) sanoat siyosati bo‘yicha Kengashining 3-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Toshkentda “Innoprom. O‘zbekistonda katta sanoat haftaligi” xalqaro sanoat ko‘rgazmasining ochilishi bo‘lib o‘tdi

05.04.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 5-aprel kuni Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasida “INNOPROM. O‘zbekistonda katta sanoat haftaligi” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan mazkur keng ko‘lamli tadbir tashkilotchilari – O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligidir.

Toshkent viloyatining Parkent va Yukorichirchiq tumanlari tadbirkorlari va eksportchilari bilan ochiq muloqot

05.04.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 3-aprel kuni Davlat rahbarining topshirig‘iga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov boshchiligidagi hamda vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari va tijorat banklari rahbarlaridan iborat Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hukumat komissiyasi tadbirkorlar muammolarini aniqlash va hal etish, shuningdek, hududlarning iqtisodiy salohiyatini oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida Toshkent viloyatining Parkent va Yukorichirchiq tumanlariga yo‘l oldi.

Navoiy viloyati tadbirkorlari va eksportchilari bilan ochiq muloqot

03.04.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 2-aprel kuni Davlat rahbarining topshirig‘iga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov boshchiligidagi hamda vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari va tijorat banklari rahbarlaridan iborat Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hukumat komissiyasi tadbirkorlar va eksportchilar bilan ish olib borish va ularning faoliyatida uchraydigan muammoli masalalarni hal etish uchun Navoiy viloyatiga yo‘l oldi.

Toshkent viloyati Parkent va Yuqorichirchiq tumanlari tadbirkorlari va eksportchilari diqqatiga!

03.04.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 3-aprel kuni Parkent tuman hokimligi binosida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov ishtirokida Toshkent viloyati Parkent va Yuqorichirchiq tumanlari tadbirkorlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi.