O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Delegatsiya Sirdaryo IES qurilish maydoniga tashrif buyurdi

2021-02-08 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 8-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov, Energetika vaziri Alisher Sultonov va boshqa mas'ul mutaxassislardan iborat delegatsiya Sirdaryo viloyatida barpo etilayotgan yangi IES qurilish maydoniga tashrif buyurdi.

Joriy yilning 8 fevral' kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov, Energetika vaziri Alisher Sultonov va boshqa mas'ul mutaxassislardan iborat delegasiya Sirdaryo viloyatida barpo etilayotgan yangi IES qurilish maydoniga tashrif buyurdi.
 
 
 
Loyiha Saudiyaning ACWA Power kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Yangi IES qurilishining boshlanishi 2021-yil 24-yanvarda berilgan edi.
 
Quvvati 1500 MVt bo‘lgan Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasini qurishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha loyihani amalga oshirish O‘zbekiston energetika sohasida yangi format – davlat-xususiy sheriklik (DXSh) ni joriy etish natijasi bo‘ldi.
 
Shu bilan birga, ACWA Power kompaniyasi eng zamonaviy dizayn yechimlari va energiyani tejaydigan texnologiyalardan foydalanishni rejalashtirmoqda. Bu esa, ushbu loyihaning samaradorligini 60 foizga yetkazish imkonini beradi. Bu yangi issiqlik elektr stansiyasida elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun tabiiy gazdan foydalanadigan hozirgi issiqlik elektr stansiyalaridan deyarli ikki baravar ko‘proq tejash imkonini beradi.
 
Umumiy taxminiy qiymati 1,2 milliard dollarni tashkil etadigan mazkur IESning qurilishi Energetika vazirligi, O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Saudiyaning ACWA Power kompaniyasi o‘rtasida 2020 yil mart oyida imzolagan hamkorlik shartnomasi asosida boshlandi.

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi

Поделиться