O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston-Ozarbayjon biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

2021-01-29 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 27-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, uning huzuridagi Xorijiy investisiyalarni jalb etish agentligi hamda Ozarbayjon Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Ozarbayjon Eksport va investitsiyalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi (AZPROMO) bilan hamkorlikda videokonferensiya shaklida O‘zbekiston-Ozarbayjon biznes-forumi tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston tomonidan - investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari L.Kudratov, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish Agentligi va Eksportni rag‘batlantirish agentligi rahbariyati, Ozarbayjon tomonidan – Iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari Rovshan Nadjaf, AZPROMO rahbariyati va mutaxassislari ishtirok etdi. Tadbirda ikki mamlakat diplomatik missiyalari rahbarlari ham qatnashdi.
 
Biznes-forumda jami 100 dan ortiq Ozarbayjon va O‘zbekistonning to‘qimachilik, oziq-ovqat, avtomobilsozlik sanoati, qishloq xo‘jaligi, qurilish materiallari ishlab chiqarish va iqtisodiyotning boshqa sohalarini ifodalovchi yirik kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.
 
Tadbirni Ozarbayjon tomoni rahbari ochib, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlar rivojlanishining yuqori darajasini hamda ularni izchil mustahkamlash chora-tadbirlariga ikki mamlakat hukumatlari tomonidan alohida e'tibor qaratilayotganini ta'kidladi. COVID–2019 pandemiyasi munosabati bilan joriy etilgan bir qator cheklovlarga qaramay, 2020 yilda mamlakatlar o‘rtasidagi savdo aylanmasi 12 foizga oshgani ma'lum qilindi. Shu bilan birga, O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning mavjud salohiyati ko‘p jihatdan ishga solinmagani va bu holat mazkur yo‘nalishdagi ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirish uchun shart-sharoitlar yaratayotgani ta'kidlandi.
 
Shuni ta'kidlash joizki, tizimli hamkorlik qilish natijasida hozirgi vaqtda “Ozarbayjon Respublikasi hukumati va O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida sanoat hamkorligi to‘g‘risidagi Bitim”ni kelishish ishlari yakunlandi. Uning asosiy maqsadi metallurgiya, kimyo va neft'-gaz sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, zargarlik sanoati va o‘zaro manfaatli iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari bo‘yicha ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdan iborat. Shu bilan birga, “Ozarbayjon Respublikasi Hukumati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida mintaqalararo hamkorlik to‘g‘risidagi bitim” ustida bugungi kunda birgalikda ish olib borilmoqda.
 
O‘z navbatida, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbariyati tomonidan O‘zbekistonning xorijiy investorlar uchun ochiqligi va jozibadorligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma'lumot berildi. Shuningdek, oshkora ishbilarmonlik muhitini yaratish, korrupsiyaga qarshi kurashish, investitsiya muhitini yaxshilash va davlatning iqtisodiyotdagi rolini bosqichma-bosqich kamaytirish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni qayd etildi.
 
Tadbir davomida, xususan, erishilgan natijalar ham qayd etildi: hozirgi kunda O‘zbekiston va Ozarbayjon kompaniyalari qator qo‘shma loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Investitsiya hamkorligini yanada kengaytirish maqsadida qo‘shma investitsiya fondini tashkil etishning shart-sharoitlari ko‘rib chiqildi. Uning maqsadi ustuvor investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va ikki mamlakat ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishni rag‘batlantirishdan iborat bo‘ladi.
 
Forumning rasmiy qismi kun tartibi doirasida joriy yilga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlarni tashkil etish bilan bog‘liq masalalar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 11-yig‘ilishi hamda Boku shahrida bo‘lib o‘tadigan “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar Xalqaro ko‘rgazmasi atroflicha ko‘rib chiqildi.
 
Bundan tashqari, biznes-forum dasturi doirasida ishbilarmonlik hamkorligini rivojlantirishni muhokama qilish uchun “B2B” shaklidagi panel sessiyalari o‘tkazildi. Muzokaralarda “Azersun Holding”, “Lu-Mun Holding”, “Cahan Holding”, “Neqsol Holding”, “Evrascon”, “Azermash” kabi Ozarbayjon kompaniyalari, “Uzkabel”, “Artel”, “Silk Road International”, “Agroexport Gold Fruits” kabi O‘zbekiston kompaniyalari, shuningdek, ikki mamlakat biznes hamjamiyatlarining boshqa vakillari ishtirok etdi.
 
Ushbu formatdagi tadbirlar ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida uzoq muddatli va istiqbolli aloqalarni o‘rnatish uchun samarali platforma hisoblanadi. Shu sababli tadbir yakunlariga ko‘ra, tegishli vazirlik va idoralar, shuningdek, ikkala mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida bunday sessiyalarni tashkil etishni tizimlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться