O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Turkiya savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlamoqda

2021-04-09 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 8-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Turkiya Respublikasi savdo vaziri Ruxsar Pekjan bilan uchrashdi.

Uchrashuv doirasida, shuningdek, Turkiya eksportchilari assambleyasi, Turkiya tadbirkorlar va hunarmandlar uyushmasi, Turkiya pudratchilar uyushmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Savdo-sanoat palatasi rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan tarkibdagi ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
 
Tomonlar O‘zbekiston iqtisodiyotiga Turkiya investitsiyalari oqimining jadal o‘sishi bilan tavsiflanadigan investitsiyaviy hamkorlik sohasidagi tendensiyalarni muhokama qildilar, shuningdek, O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan turk tadbirkorlariga tizimli yordam ko‘rsatishga o‘zaro sodiqligini ta'kidladilar.
 
Uchrashuvda, shuningdek, ikki tomonlama savdo munosabatlarini rivojlantirishning hozirgi holati va istiqbollari, jumladan, yaqin kelajakda o‘zaro savdo hajmini 5 mlrd dollarga yetkazish maqsadida savdo aylanmasini oshirish bo‘yicha navbatdagi qo‘shma chora-tadbirlar muhokama qilindi.
 
Shu nuqtai nazardan, ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari ekspertlarining o‘zaro hamkorligini jadallashtirish va mavjud masalalar bo‘yicha o‘zaro maqbul yechimlarni ishlab chiqish orqali O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim loyihasini kelishishni tezlashtirishga oid birinchi darajali vazifalar belgilab olindi. Tomonlarning fikricha, Bitimning imzolanishi ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy sheriklikning mustahkamlanishiga sezilarli turtki beradi.
 
Tomonlar, shuningdek, elektron tijorat sohasida amaliy sheriklikni yo‘lga qo‘yish dolzarbligini ta'kidladilar va bu borada ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida hozirgi vaqtda kelishish bosqichida bo‘lgan tegishli hujjatni yaqin kelajakda imzolashni belgilab oldilar.
 
Bundan tashqari, ikki mamlakat standartlashtirish xizmatlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish orqali texnik tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash, akkreditasiya va metrologiya sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Bunda o‘zaro mahsulot yetkazib berishni amalga oshirishda o‘zbek va turk ishlab chiqaruvchilariga to‘sqinlik qiluvchi g‘ovlarni bartaraf etish umumiy maqsad qilib qo‘yildi.
 
Muloqot chog‘ida Turkiya tomoni O‘zbekiston tomonidan xalqaro iqtisodiy makonga integratsiyalashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi hamda muzokaralar jarayoniga jalb etilgan o‘zbek mutaxassislari uchun treninglar va maslahatlashuvlar tashkil etish orqali Jahon savdo tashkilotiga (JST) a'zo bo‘lish jarayonida har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.
 
Uchrashuv va muzokaralar yakunida “O‘zstandart” Agentligi huzuridagi Akkreditasiya markazi va Turkiya Respublikasining Akkreditasiya agentligi o‘rtasida “Halol” standartini joriy etish borasida O‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться