O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jahon banki bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha keyingi qadamlar rejalashtirildi

2021-04-30 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 29-aprel kuni videokonferensiya shaklida Jahon banki Guruhining Bahorgi yig‘ilishlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov hamda Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse – prezidenti Anna B'erde o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Unda Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori L.Burunchuk hamda Bankning bir qator rahbar va ekspertlari ham ishtirok etdi.
 
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi va Jahon banki o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Bank rahbariyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar izchilligini, shuningdek, 2020 yilda pandemiyaning jahon iqtisodiyotiga salbiy ta'siriga qaramasdan Respublikada iqtisodiy o‘sishga erishish uchun poydevor yaratib bergan iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarning o‘z vaqtidaligi va samaradorligini qayd etdi. Shu nuqtai nazardan, A.B'erde Bankning O‘zbekistonda keng islohotlar dasturini amalga oshirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda davom etishga sodiqligini tasdiqladi.
 

Jahon bankining O‘zbekiston Respublikasi bilan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi Hamkorlik dasturini ishlab chiqish bo‘yicha kelgusida hamkorlik qilish shakllari belgilab olindi. Dastur uchun asos sifatida O‘zbekiston Hukumatining keyingi 5 yil davomida amalga oshiriladigan islohotlar dasturining asosiy ustuvor yo‘nalishlari olinishiga kelishib olindi.
 
Bank rahbariyatiga 2030-yilgacha To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish strategiyasini ishlab chiqishda ko‘rsatilayotgan texnik yordam uchun minnatdorlik bildirildi. Strategiya O‘zbekiston sanoatining ustuvor tarmoqlariga xorijiy investitsiyalar oqimini ko‘paytirish bo‘yicha amaliy harakatlarni belgilaydi. Shuningdek, u to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya oqimlarini, investitsiya qonunchiligi va Respublika sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini o‘rganish, iqtisodiyotning alohida tarmoqlarini asosiy raqobatchi-mamlakatlarning o‘xshash tarmoqlari bilan qiyosiy tahlil qilish va xorijiy investitsiyalarni jalb etishning qadamma-qadam “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish bo‘yicha uch bosqichda amalga oshiriladi.
 
O‘zbekistonda keng ko‘lamli iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish dinamik sur'atlari ta'kidlandi. Jumladan, 2020 yilning yakunlariga muvofiq, Jahon banki tomonidan suv ta'minoti, qishloq xo‘jaligi, innovasion rivojlanish, bozor islohotlarini ilgari surish va pandemiyaga qarshi kurash sohalarida 6ta loyiha moliyalashtirishi ma'qullandi. Shuningdek, tomonlar infratuzilmani rivojlantirish va energetika sohalarida umumiy qiymati 1,7 mlrd dollarga teng bo‘lgan yangi istiqbolli loyihalarni muhokama qildilar hamda ularni birgalikda ishlab chiqishni tezlashtirish va amalga oshirishni boshlashga kelishib oldilar.
 
Muzokaralar yakunida A.B'erde va Jahon banki delegasiyasi joriy yilning may oyida O‘zbekistonga tashrif buyurish niyatida ekanligi ma'lum qilindi, shu munosabat bilan bo‘lajak tashrif kun tartibini amaliy mazmun bilan to‘ldirish maqsadida ikki tomonlama hamkorlikning barcha sohalarida munosabatlarni faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться