O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston – Pokiston hamkorligining amaliy jihatlari muhokama qilindi

2021-04-09 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 9-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazirining savdo va investitsiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdul Razzoq Dovud bilan videokonferensiya shaklida muzokaralar o‘tkazdi.

Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, savdo-iqtisodiy, transport va logistika, madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro kelishuvlarni amalga oshirishning joriy holati hamda oliy darajada bo‘lishi kutilayotgan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish ishlari muhokama qilindi.
 
“Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar” temir yo‘lini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikning amaliy jihatlari alohida muhokama qilindi.
 
Tomonlar to‘qimachilik, charm, farmatsevtika va kimyo sanoati, energetika, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalarida qator istiqbolli qo‘shma loyihalarni hayotga tatbiq etishga alohida to‘xtalib, yuzaga kelayotgan masalalarni hal etishda tadbirkorlarga har tomonlama ko‘mak berishga sodiqligini bildirdi.
 
Muzokaralar yakunida joriy yilning iyul oyida Toshkent shahrida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Pokiston Hukumatlararo komissiyasining VI-yig‘ilishi hamda har ikki mamlakatning yetakchi ishbilarmon doiralari ishtirokida Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться