Toshkent viloyati Parkent va Yuqorichirchiq tumanlari tadbirkorlari va eksportchilari diqqatiga!
Joriy yilning 3-aprel kuni Parkent tuman hokimligi binosida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov ishtirokida Toshkent viloyati Parkent va Yuqorichirchiq tumanlari tadbirkorlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi.
Muloqot tadbirkorlar va eksportchilar duch kelayotgan dolzarb muammolarni hal etish hamda yangi tashabbus va takliflarni amalga oshirish maqsadida tashkil etilmoqda. Unda vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari va hokimliklar rahbarlari ham ishtirok etadi.
Tadbirda qatnashish uchun Toshkent viloyati tadbirkorlari va eksportchilarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha viloyat Shtabida tashkil etilgan call-markazining 1055 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.
Tadbir soat 14:00da boshlanadi.
Manzil: Parkent tumani, Ichkiqo‘rg‘on ko‘chasi, 5-uy.
Hurmatli tadbirkorlar! Joriy epidemiologik vaziyat tufayli tadbir ishtirokchilarining soni cheklanadi. Tadbir davomida karantin talablariga rioya etishingizni so‘raymiz.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi