O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hindiston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

2021-04-13 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 12-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov videokonferensaloqa orqali Hindiston Respublikasi Temir yo‘llar, savdo va sanoat vaziri P.Goyal bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Suhbat davomida investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, transport va logistika sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
 
Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmining izchil o‘sishidan mamnun ekanliklarini bildirdilar. 2020-yil yakunlari bo‘yicha Hindiston bilan o‘zaro savdo hajmi qariyb 442 million dollarni tashkil etdi, bu esa 2019-yildagisidan 25% ko‘pdir. Shu bilan birga, o‘zaro savdo hajmini ko‘paytirish yuzasidan samarali chora-tadbirlar ko‘rishga qiziqish bildirildi va yaqin istiqboldagi vazifalar muhokama qilindi.
 
Jumladan, ikki mamlakatning tegishli ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi o‘rtasida Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim tuzish imkoniyatlarini baholash bo‘yicha o‘tkazilayotgan qo‘shma tadqiqot natijalarini tayyorlashni jadallashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
 
Shuningdek, tomonlar qo‘shma loyihalar portfelini kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini jadal rivojlantirish, Investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risida hukumatlararo bitimni imzolashni jadallashtirish hamda biznes-forumlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish orqali ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida ishbilarmonlik  munosabatlarini mustahkamlash muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladilar.
 
Shuningdek, moliyaviy-texnik hamkorlik masalalariga to‘xtalib o‘tildi - ikki mamlakat vazirliklari va idoralarining Hindiston Eksimbanki hisobidan moliyalashtirilishi rejalashtirilgan ijtimoiy va infratuzilma loyihalarining texnik-iqtisodiy parametrlarini ishlab chiqish va muvofiqlashtirish bo‘yicha qo‘shma faoliyati jadallashtirildi.
 
Transport va logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi. Jumladan, tegishli tuzilmalar mutaxassislari orasidan xalqaro transport yo‘laklari tizimiga integratsiyalashish bo‘yicha tajribani o‘rganish yuzasidan qo‘shma ekspert guruhlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
 
Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston transport infratuzilmasini qurish va rekonstruksiya qilish sohasida yangi loyiha va tashabbuslarni ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldilar.
 
Videokonferensiya yakunida ikki tomonlama investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini tezkorlik bilan hal etish hamda ikkala tomon manfaatdor bo‘lgan loyiha va tashabbuslarni ilgari surishni jadallashtirish maqsadida tegishli vazirlik va idoralar darajasida faol muloqotni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться