O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Investitsiya va tashqi savdo faoliyati sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi

2021-04-13 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 12-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasidagi studiyadan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligida investitsiyalar va tashqi savdo sohalaridagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, shuningdek, Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hukumat komissiyasi qarorlarining shu yilning 1-choragi yakunlari bo‘yicha ijrosi tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda komissiyaning barcha a'zolari, vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari rahbarlari, shuningdek, videokonferensiya orqali investitsiyalar va eksport masalalari bo‘yicha viloyat, tuman va shahar hokimlarining o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
 
 
Yig‘ilish davomida eksport ko‘rsatkichlariga ta'sir etuvchi omillar tahlil qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi va mutasaddi rahbarlarga ularni amalga oshirish yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi. Xususan, mahalliy qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqish ishlariga alohida e'tibor qaratish topshirildi. Tadbirkorlrga kredit resurslarini o‘z vaqtida ajratish masalalarini hal etishda tijorat banklari rahbarlarida faollik yetishmasligi ham alohida ta'kidlandi.
 
Bundan tashqari, yig‘ilish kun tartibi doirasida investitsiya faoliyati masalalari ko‘rib chiqildi – joriy yil oxiriga qadar Respublikada umumiy qiymati 6,5 milliard dollarga teng 226 ta yirik investitsiya loyihasi ishga tushirilishi va shuning hisobiga 34 ming yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda. Komissiya rahbariyati ushbu vazifani amalga oshirishning hozirgi holatini o‘rganib, mas'ul rahbarlarga ishga tushirilishi kelishilgan jadvaldan ortda qolayotgan loyihalar bo‘yicha ishlarni jadallashtirish uchun alohida “yo‘l xaritalarini” ishlab chiqish va tasdiqlash haqida ko‘rsatma berdi. Shuningdek, mazkur loyihalar va tegishli “yo‘l xaritalari”ning amalga oshirilishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Investisiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi  tomonidan olib borilishi ma'lum qilindi.
 
Davlatimiz rahbarining tashriflari chog‘ida shakllantirilgan hududiy investitsiya dasturlarini amalga oshirishga alohida e'tibor qaratildi. Joriy yilda hududiy investitsiya dasturlari doirasida 8718 investitsiya loyihasi hayotga tatbiq etilishi natijasida 201,2 mingta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilganligi ta'kidlandi. Shu bilan birga, joriy yilning 1-choragida 1 374 loyiha ishga tushirildi va shuning hisobiga 17,2 mingta yangi ish o‘rni yaratildi. Shu o‘rinda mavjud bo‘lgan muammoli masalalarni o‘z vaqtida aniqlash va hal etish uchun tadbirkorlar va eksportchilar bilan bevosita o‘zaro hamkorlikni jadallashtirish zarurligi qayd etildi.
 
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va mahalliy hokimliklar mas'ul rahbarlariga eksport ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish va tasdiqlangan investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida ishga tushirish yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться