O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqand viloyatida investitsiyalarni jalb etish, tashqi savdoni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga yangicha yondashuv

2021-04-27 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 24-aprel kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Samarqand viloyatida investitsiyalarni jalb etish, tashqi savdoni rivojlantirish va ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha yangi ish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha viloyat aholisiga murojaat qildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi rahbariyati, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, tegishli idoralar, qator tarmoq birlashmalari, tijorat banklari, shuningdek, viloyat tadbirkorlari va eksportchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
 
Murojaatda Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 15-16 aprel kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining turmush darajasini yaxshilash va yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida belgilab berilgan asosiy vazifalar haqida so‘z bordi.
 
Viloyatning 462ta mahallasida 2021-2022 yillarda 30,4 trln so‘mlik 1279ta investitsiya loyihalari amalga oshirilishi va shuning hisobiga 25,8 mingta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ma'lum qilindi. Investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirishning yangi tizimi joriy etilishi qayd etildi. Tizim loyiha jarayonining barcha bosqichlarini, jumladan, investitsiya takliflarini ishlab chiqish, tashabbuskorlarni qidirish va tanlash, yer uchastkalari, kredit resurslarini ajratish, kommunal tarmoqlarga ulanishni ta'minlash va boshqa masalalarni qamrab oladi.
 
Viloyatda eksport faoliyatini tizimli qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama etildi. Joriy yilning yanvar - aprel oylarida Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan Samarqand viloyati eksportchilariga moliyaviy ko‘mak berish, jumladan, chet elga yetkazib berish uchun transport xarajatlarining bir qismini qoplash, sug‘urta xizmatlaridan garov sifatida foydalanganda sug‘urta mukofotlari qiymatini, xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish va zarur sertifikatlar olish bilan bog‘liq hamda boshqa xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ ajratilayotganligi qayd etildi. Eksportni rag‘batlantirish agentligi huzuridagi Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobiga eksportchilarga aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kredit resurslarini ajratish mexanizmi ham mavjud – joriy yil boshidan buyon eksport qiluvchilarning arizalariga ko‘ra, shu tarzda 570 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ ajratildi.
 
Mutasaddi rahbarlarning eksport qiluvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va eksport faoliyatini rag‘batlantirish borasidagi faoliyati kengaytirilishi ta'kidlandi.
 
Tadbir davomida iqtisodiy rivojlanish “drayverlari”ni ishga solish tadbirlarga alohida e'tibor qaratildi. Ular qurilish materiallarini ishlab chiqarish, to‘qimachilik, elektrotexnika, oziq-ovqat, kimyo, metallurgiya sanoatidan iboratdir. Mazkur mavzu davomida Samarqand viloyati hokimligi rahbariyati tomonidan viloyatning investitsiya salohiyatini oshirish borasidagi dolzarb vazifalari va yangi investorlarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida ma'lumotlar taqdim etildi.
 
Yirik tijorat banklari rahbarlari tomonidan viloyatda tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilarga moliyaviy xizmat ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish va yirik sanoat loyihalarini moliyalashtirish hajmini oshirish masalalari haqida ma'lumot berildi.
 
Alohida tartibda Urgut tumanini innovasion maxsus iqtisodiy zonaga aylantirish va boshqa tumanlarda uning filiallarini tashkil etish bo‘yicha Davlatimiz rahbari tomonidan qo‘yilgan vazifani bajarishga qaratilgan birinchi darajali chora-tadbirlar haqida so‘z yuritildi.
 
Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari”uyushmasi, “O‘zto‘kimachiliksanoat" Uyushmasi, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi va Eksportga ko‘maklashish agentligi rahbarlari so‘zga chiqdi. Hududiy energiya ta'minoti tizimi, transport infratuzilmasi, turizm sohasini rivojlantirish, shuningdek, yoshlar tadbirkorligini rag‘batlantirish tashabbuslarini amalga oshirish va yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini yaratish bo‘yicha ustuvor vazifalar ko‘rib chiqildi.
 
Tadbir yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zilarini qiziqtirgan mavzular bo‘yicha savollar berish va tegishli davlat idoralari rahbarlaridan to‘liq ma'lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться