O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yaponiya va Koreya Respublikasi bilan investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikning borishi ko‘rib chiqildi

2021-04-21 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 20-aprel kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov rahbarligida Yaponiya va Koreya Respublikasi bilan investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikning bugungi holatini hamda oliy darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha erishilgan ikki tomonlama kelishuvlar amalga oshirilishini o‘rganishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” Uyushmasi hamda Energetika vazirligi rahbariyati ishtirok etdi.
 
Muhokama chog‘ida O‘zbekiston bilan ushbu mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik yuqori sur'atlar bilan rivojlanayotganligi, xususan, investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlik ko‘rsatkichlari sezilarli darajada o‘sganligi qayd etildi. Hozirgi kunda sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, uy-joy-kommunal xo‘jaligi kabi sohalarda Yaponiya bilan umumiy qiymati 6,6 mlrd dollarlik 48ta, Koreya Respublikasi bilan 9,7 mlrd dollarlik 60ta loyiha amalga oshirilmoqda.
 
Shu bilan birga, alohida loyihalarni hayotga tatbiq etish sur'atlariga tanqidiy baho berilib, ularning implementasiyasini jadallashtirish hamda qurilayotgan sanoat va ijtimoiy obyektlarning o‘z vaqtida ishga tushirilishini ta'minlash maqsadida tegishli vazirlik va idoralar o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish zarurligi ta'kidlandi.
 
Har bir tasdiqlangan loyihani amalga oshirishning bugungi holati chuqur tahlil qilinib, mavjud masalalar ko‘rib chiqildi va ularni hal etish chora-tadbirlari ishlab chiqildi.
 
Jumladan, vazifalari loyihalar joriy etilishini nazorat qilish va har bir amalga oshirilayotgan loyiha bo‘yicha tegishli “yo‘l xaritalarini” ishlab chiqish va tasdiqlash orqali ularni ilgari surish, shuningdek, loyiha siklining har bir bosqichida yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilishda texnik yordam ko‘rsatishdan iborat idoralararo ekspert guruhini tashkil etish topshirildi.
 
Muhokama yakunlari bo‘yicha mas'ul rahbarlarga yaponiyalik va koreyalik hamkorlar bilan qo‘shma loyihalarni jadal amalga oshirishni ta'minlash yuzasidan aniq amaliy chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Ushbu ko‘rsatmalarning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan amalga oshiriladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться