O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Buxoro va Navoiy viloyatlari tadbirkorlari masalalarini hal etish ishlari faol davom etmoqda

2021-04-23 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 21-aprel kuni videokonferensiya shaklida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligida Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan Buxoro va Navoiy viloyatlarida tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar doirasida berilgan ko‘rsatmalar ijrosi, shuningdek, ushbu hududlarda investisiyaviy va tashqi savdo faoliyati bilan bog‘liq qator masalalar muhokama qilindi.

Buxoro viloyatiga tashrif yakunlari bo‘yicha jami 320ta tadbirkorning murojaati eshitilib, 378ta muammoli masala ko‘tarildi, Navoiy viloyatiga tashrif davomida esa 217ta tadbirkorning murojaati tinglandi va 229ta muammoli masala tilga olindi.
 
Aniqlangan muammolarni hal etish va tadbirkorlarga, investitsiya loyihalari tashabbuskorlariga, eksportchilarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha vazirlik, idora va tijorat banklari rahbarlari faoliyatiga tanqidiy baho berildi. Ko‘tarilgan masalalarni hal etishni nihoyasiga yetkazish yuzasidan aniq amaliy choralar ko‘rishni nazarda tutib, ushbu yo‘nalishdagi ishlarni kuchaytirishga oid ko‘rsatmalar berildi.
 
Buxoro va Navoiy viloyatlarida hududiy investitsiya dasturlari amalga oshirilishi ham o‘rganildi. Ayni paytda ushbu dasturlar doirasida Buxoro viloyatida umumiy qiymati 8,8 trln so‘mlik 665ta loyiha amalga oshirilishi va 17,1 mingta yangi ish o‘rni yaratilishi, Navoiy viloyatida esa 4,0 trln so‘mlik 401ta loyiha hayotga tatbiq etilishi va shuning hisobiga 8,6 mingta ish o‘rni tashkil etilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyihalarning tarmoqlar va tijorat banklari kesimida amalga oshirilishi tahlil etildi va ishlab chiqarish ob'ektlarini ishga tushirishni jadallashtirish yuzasidan topshiriq berildi.
 
Eksport qiluvchilarga eksportoldi moliyalashtirishga kredit resurslarini ajratish masalalari alohida tartibda ko‘rib chiqildi. Ayni paytda Respublikada jami 2,1 trln so‘m hajmda eksportoldi moliyalashtirishga ehtiyoji bor 346ta korxona aniqlangan. Shu bilan birga, 172 ta eksportchiga 1,5 trln so‘m to‘langan bo‘lib, shundan 560 mlrd so‘mga yaqin qismi Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratilgan. Tijorat banklarining mutasaddi rahbarlariga tadbirkorlardan tushgan barcha arizalarni imkon qadar tezroq hal qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish topshirildi.
 
Yig‘ilish yakunida mutasaddi rahbarlarga yuqorida qayd etilgan birgalikdagi sa'y-harakatlarning yo‘nalishlari doirasida belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarish yuzasidan qo‘shimcha ko‘rsatmalar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться