O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Navoiy viloyati va Qozog‘iston o‘rtasida ziyorat turizmini rivojlantirishga doir memorandum imzolandi

2021-01-26 | Turizm

Qozog‘iston delegatsiyasi kuni-kecha Navoiy viloyatida bo‘lib, uning turistik salohiyati bilan yaqindan tanishdi.

Tur davomida Nurota tumanidagi Chashma kompleksi va Qozoq xalqining buyuk kichik juz ajdodlaridan biri bo‘lgan “Aytekiy Biy” ziyoratgohi, Konimex tumani “Konimex Eko Park” dam olish maskanlariga hamda Karmana tumanidagi “Mavlono Orif Deggoroniy”, “Qosim-Shayx”, “Mirsaid Baxrom”, Qiziltepa tumanining “Tosh masjid” kabi madaniy meros obyektlari bo‘ylab sayohat tashkil etildi. Navoiy viloyati hokimligi hamda O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi bilan hamkorlikda Qozog‘iston turizmi sohasidagi yirik vazirlik va assotsiatsiyalar bilan sohasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, Navoiy viloyatida ziyorat turizmini yana-da rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi. Tadbir doirasida Navoiy viloyatida hamda Qozog‘istonda faoliyat olib borayotgan yirik sayyohlik kompaniyalari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik kelishuvlariga erishilib, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida ham memorandumlar imzolandi.

Kelishuvlardan ko‘zlangan maqsad Navoiy viloyatining mavjud turizm imkoniyatlari Qozoqiston OAVda keng targ‘ib etilishi, hududga sayyohlar oqimini kuchaytirish, ikki tomonlama doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yilishi va sayohatchilarni yo‘naltirish borasida zarur shart-sharoitlar yaratilishi, har yili 18-mayda “Aytekiy Biy” ziyoratgohida birgalikda yuqori saviyadagi tadbir o‘tkazilishi, Navoiy viloyati hamda Qozog‘istonning faol yoshlari o‘rtasida Navoiyda xalqaro yoshlar forumi tashkil etilishi, qozoq kinomotogroflari ishtirokida hududning tarixiy maskanlari va “Aytekiy Biy” ziyoratgohi to‘g‘risida xujjatli film suratga olinishi nazarda tutilgan.

Shuningdek, uchrashuvda Navoiy viloyatida ko‘p millatli aholi istiqomat qilishi, Tomdi, Konimex va Uchquduq tumanlarining aksariyat aholisi esa qozoq va qoraqalpoq millatiga mansub bo‘lib, ularning o‘z madaniyati, urf-odatlari, anʼanalariga egaligida millatlararo do‘stlik va totuvlik ham muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi. Tadbir yakunida Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport vazirligi Turizm departamenti xalqaro hamkorlik boshqarmasi rahbari hamda “O‘zbekiston” turistik brendining Qozog‘istondagi elchisiga Navoiy viloyati hokimi tomonidan hududning Qozog‘istondagi faxriy turizm elchisi maqomi berildi.   

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться