O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Aziz Abduhakimov “Atletiko Madrid” futbol klubi rahbariyati bilan uchrashdi

2021-01-25 | Turizm

Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduxakimov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Madrid shahriga xizmat safari davomida “Atletiko Madrid” futbol klubi rahbariyati va mutasaddilari bilan uchrashib, hamkorlikka doir muzokaralar olib bordi. 

Delegatsiya vakillari Ispaniya tomonga O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 2021-yilning “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb eʼlon qilgani, mamlakatimizda aholini sportga keng jalb qilish yo‘lida amalga oshirilayotgan loyihalar hamda futbolga strategik sport turlaridan biri sifatida eʼtibor qaratilishi haqida batafsil maʼlumot berishdi. “Atletiko Madrid” vakillari o‘z o‘rnida xorijda ochilgan akademiyalari faoliyati, O‘zbekiston turizm salohiyatini dunyo bo‘ylab futbol ishqibozlariga tanitishdagi marketing imkoniyatlari haqida batafsil taqdimot o‘tkazishdi. “Atletiko Madrid” futbol klubi vitse-prezidenti Inigo Aznar ushbu hamkorlik katta natijalar olib kelishini taʼkidlab, buyuk tarixga ega yurt yoshlaridan mamlakatni dunyoga tanitadigan sportchilar yetishib chiqishiga ishonch bildirdi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, “Atletiko Madrid” klubi vakillari O‘zbekistonda futbol akademiyasini tashkil etish va klub imkoniyatlaridan kelib chiqib, mamlakatimizning turizm salohiyati targ‘ibotida hamkorlik qilishni taklif qildi. “Atletiko Madrid” klubi rahbariyati tez orada O‘zbekiston tomoniga tijoriy taklif yuborishini, tomonlar o‘zaro kelishuvga erishgan taqdirda, klub mutasaddilari O‘zbekistonga tashrif buyurishini maʼlum qildi.

Maʼlumot uchun: "Atletiko Madrid" professional futbol klubi 1903-yil tashkil etilgan. Ispaniya La Ligasida (oliy ligasida) to‘p suruvchi mazkur kulib joriy yil turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Yevropa grandlari qatoriga kiruvchi ushbu klub uydagi o‘yinlarini Madrid shahrida joylashgan 68 456 o‘rinli “Vanda Metropolitano” stadionida o‘tkazadi. Dunyoning eng sovrindor klublaridan biri hisoblangan “Atletiko Madrid”ning ijtimoiy tarmoqlarda yuz milliondan ortiq kuzatuvchisi mavjud. 

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться