O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Aziz Abduhakimov Xiva shahridagi yangi 5 yulduzli mehmonxonaning qurilish ishlari bilan tanishdi

2021-02-17 | Turizm

Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov boshchiligidagi ishchi guruh Xiva shahrida qurilayotgan mehmonxonalarda ketayotgan ish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. 

Shulardan biri Xiva shahrida yangi qurilayotgan 5 yulduzli “Farovon” mehmonxonasi bo‘lib, u 100 o‘ringa mo‘ljallangan. Mehmonxona 6 ta prezident apartamenti, 8 ta “suit” xona, 86 ta standart xonaga ega bo‘ladi.

Mehmonxonaning konferensiya zali 800 o‘rinli bolib, u keng qamrovli uchrashuvlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan. Qurilish ishlariga 300 ga yaqin ishchi jalb qilingan. Ushbu loyihani 2021-yil oxirida foydalanishga topshirish mo‘ljallangan. Aziz Abduhakimov mazkur mehmonxonaning qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishib chiqib, mutasaddilarga mehmonxonaning xalqaro talablarga muvofiq qurilishi va eng talabchan sayyohga ham manzur bo‘lishiga doir tegishli topshiriqlarni bajarish yuzasidan aniq vazifalar berdi.

Taʼkidlash joizki, O‘zbekistonning eng diqqatga sazovor sayyohlik markazlaridan biri hisoblangan Xiva shahrida bugunga kelib doimiy ravishda turli festivallar, ommaviy tadbirlar, bayramlar o‘tkazilishi anaʼanaga aylangan. Sayyohlar oqimining tobora ko‘payishi esa shaharda zamonaviy va barcha shart-sharoitlarga ega bo‘lgan mehmonxonalarga bo‘lgan talabni yana-da oshirmoqda.  Xiva shahrida Xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ishchi guruhi hududlarga chiqqan holda, turistik maskanlar qurilishini o‘rganishda davom etadi.  

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться