O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xorijlik vatandoshlarimiz Alisher Navoiy xotirasiga bag‘ishlab fleshmob o‘tkazishdi
2021-02-04 | Madaniyat
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan 9 fevral - Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi arafasida bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
Shu o‘rinda, turli xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda g‘azal mulkining sultoni bo‘lmish Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan keng targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda. Jumladan, Rossiya Federatsiyasidagi vatandoshlarimiz, “Almaz” jamoat tashkiloti tomonidan Alisher Navoiy ijodiga atab tayyorlangan maxsus videolavha taqdim etildi. Mazkur fleshmobda vatandoshlarimiz ishtirokida Navoiy qalamiga mansub ruboiy va hikmatli so‘zlar keltirilgan.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi