O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qozog‘iston delegatsiyasi Toshkent va Navoiy viloyatlarining turistik salohiyati bilan tanishdi
2021-01-25 | Turizm
Qozog‘iston Respublikasi delegatsiyasi Navoiy viloyati Turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi tashabbusi bilan O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida delegatsiya aʼzolari Navoiy va Toshkent viloyatlarining madaniy merosiy obyektlari bo‘ylab sayohatda bo‘lib, hududlarning madaniy-maʼrifiy markazlari tarixi hamda ularning maʼnaviy ahamiyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrifdan Navoiy viloyati Nurota tumanidagi “Chashma” kompleksi va qozoq xalqining buyuk kichik juz ajdodlaridan biri bo‘lgan “Ayteke bi” maqbarasi, shuningdek, Qiziltepa tumanidagi madaniy meros, Konimex tumani “Konimex eko Park" dam olish maskani, Karmana tumanidagi “Qosim Shayx”, “Mirsayid Bahrom”, “Mavlono Orif Deggaroniy”, “Raboti Malik” kabi ziyoratgoh va tarixiy markazlar haqida maʼlumot yig‘ib, ularni keng targ‘ib etish maqsad qilingan.
Qozog‘iston delegatsiyasi 23-yanvar kuni Navoiy viloyatiga tashrifini davom ettiradi. Tashrif so‘ngida Qozog‘istonning “Kazakh Tourism” milliy kompaniyasi va turizm assotsiatsiyasi bilan Navoiy viloyati hokimligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini rasmiylashtirish rejalashtirilgan. Ushbu hamkorlik aloqalari kelgusida Toshkent va Navoiy viloyatlari tarixiy obyektlariga qozog‘istonlik sayyohlar oqimini oshirishga yo‘naltiriladi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi