O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Gid, ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilar xizmatlari o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar faoliyat turiga kiritildi
2021-02-23 | Turizm
Turizm sohasi vakillari bandligining huquqiy asoslarini mustahkamlashda Prezidentning 2021- yil 9-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6165-son farmoni muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur farmon bilan o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatiga gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilar xizmatlari ham kiritildi.
Ilgari turoperator bilan tuzilgan mehnat yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasi tuzmay turib gidlik faoliyatini olib borishga ruxsat berilmagan.
Hozirgi kunda esa gidlar biror yuridik shaxs bilan shartnoma tuzmasdan va tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tmasdan o‘zini o‘zi band qiladigan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan holda mehnat faoliyatlarini olib borishi mumkin.
O‘zini o‘zi band qilish mexanizmining afzalliklari bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
Taʼkidlash lozimki, aksariyat holatlarda gidlarning faoliyati mavsumiy hisoblanadi. Mavsum past bo‘lgan vaqtlarda gidlar faoliyatni vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risida bildirishnoma yuborgan holda soliq idoralarini ogohlantirishi mumkin. Bunda mehnat faoliyati amalga oshirilmaydigan davrda ijtimoiy soliqni to‘lash to‘xtatib turiladi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi