O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sodiq Badak: “Pandemiya – rivojlanayotgan davlatlarda turizm sohasi rivoji uchun o‘ziga xos imkoniyat”

2021-01-19 | Turizm

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining xorijiy maslahatchisi Sodiq Badak (Turkiya) Sirdaryo viloyati va Toshkent shahrida bo‘lib, turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashdi.

Ochiq muloqotda turizm sohasi tadbirkorlik subyektlari – turfirmalar, mehmonxonalar, oilaviy mehmon uylari vakillari, mazkur shahar va viloyat hokimlarining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchilari hamda tegishli mutasaddilar ishtirok etishdi. Uchrashuvda xorijiy maslahatchi Sodiq Badak o‘zining “Pandemiyadan keyingi davrda O‘zbekistonda turizm siyosati va islohotlar”ga bag‘ishlangan taqdimoti bilan qatnashdi.

“Dunyodagi mavjud pandemiya holati yaqin vaqtlar ichida saqlanib turadi va jahon hamjamiyatining prognozlaridan kelib chiqib, 2021-2022 yillar ham turizm sohasi uchun sinovli davr bo‘lishi kutilmoqda. Ushbu vaziyatda dunyoning rivojlanayotgan davlatlari, jumladan, O‘zbekiston ham dunyo bo‘ylab turizm sohasidagi “turg‘unlik”dan foydalanib, o‘zlarining turizm infratuzilmalarini talab darajasida yaxshilash va rivojlantirish imkoniyatiga ega.

Shu o‘rinda, O‘zbekiston hukumati tomonidan murakkab pandemiya sharoitida turizm sohasini barqaror holatda ushlab turish va kelgusida uni kompleks rivojlantirish uchun “O‘zbekiston turizm – 2035” maxsus strategiyasi ishlab chiqilib, bu boradagi zaruriy ishlar olib borilayotganini alohida ta'kidlash zarur”, – deydi xorijiy maslahatchi Sodiq Badak.

Tadbir tashkilotchi va ishtirokchilar o‘rtasidagi turli takliflar hamda qizg‘in munozaralarga boy tarzda o‘tdi.  

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться