O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Tourism. The path to innovation” tanlovi ishtirokchilari taqdimoti o‘tkazildi

2021-01-12 | Turizm

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamkorligida turizm sohasidagi istiqbolli startap-loyihalar va innovatsion biznes g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Tourism. The path to innovation” tanlovi doirasida saralangan loyihalarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

Bu kabi taqdimotlar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 28-maydagi “Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 6002-sonli farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Masʼul komissiya aʼzolari saralab olingan 18 loyiha tanlov taqdimotini ko‘rib chiqishdi. Ishtirokchilarga loyihalarning ishga tushirilishi va afzalliklari haqida turli savollar bilan murojaat qilishdi. Komissiya tomonidan maʼlum qilinishicha, yaqin kunlarda g‘oliblar aniqlanadi, loyihalarning amaliyotga tatbiq etilishi uchun umumiy 1,5 milliard so‘m miqdorida qisman subsidiya ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Taʼkidlash joizki, ushbu tanlovni o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, startap-loyiha tashabbuskorlaridan hujjatlar 2020-yilning 15-oktabr kunidan 15-noyabr kuniga qadar qabul qilinib, ularning umumiy soni 217 tani tashkil qilgan. Tanlov komissiyasi Ishchi organi tomonidan tanlov talablari va loyihaning turizm sohasiga taalluqli ekanligi inobatga olingan holda 101 loyiha saralab olingan.  

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться