O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Qozog‘iston musulmonlari idorasi mutasaddilari ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha aniq choralarni kelishib oldi

2021-01-28 | Turizm

O‘zbekiston musulmonlari idorasida Qozog‘iston musulmonlari idorasining Haj va umra ishlari bo‘limi boshlig‘i Jandulla Bekjigitov va «Tawaf Travel» shirkati direktori Bektemir Isakov uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo AA muxbiri.

Uchrashuvda, shuninglek, O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi birinchi kotibi Oydin Mannopova ishtirok etdi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuv avvalida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov mehmonlarni tashrif bilan qutlab, O‘zbekiston va Qozog‘iston Diniy idoralari yaqin hamkorlik qilib kelayotgani, hozirda ikki davlat muftiylari o‘zaro va xorijiy anjumanlarda tez-tez uchrashib turishini taʼkidladi. Shuningdek, muloqot davomida yurtimizda ziyorat turizm bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi. Jumladan, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasida Ziyorat turizmi bo‘limlari faoliyat yuritayotgani, shuningdek idora tizimida «Muslim tour», «Mir Arab Travel» sayyohlik firmalari tashkil etilgani qayd etildi.

Jandulla Bekjigitov ikki davlat diniy idorasi o‘rtasidagi uzoq yillik mustahkam aloqalar, Qozog‘istonda ziyorat turizmi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtaldi. U qozog‘istonlik ziyoratchilarni Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlariga tashrifini tashkil etish taklifini bildirdi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan uchrashuv samimiy ruhda o‘tdi. O‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha aniq choralar kelishib olindi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться