O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hind kompaniyasi Dehlidan Londonga avtobusda sayohatni yoʻlga qoʻymoqchi. U Oʻzbekistondan ham oʻtadi

2020-09-10 | Turizm

Hindistonning Adventures Overland sayyohlik agentligi oʻz mijozlariga Dehlidan Londongacha avtobusda borishdek noyob sarguzasht turini taklif etmoqda. 

Ushbu reys 70 kun davom etadi va qariyb 20 ming km. masofani qamrab oladi. Bunda avtobus Hindiston poytaxtidan Buyuk Britaniya markaziga toʻgʻridan-toʻgʻri emas, balki koʻp manzillarni oʻz ichiga olgan aylanma yoʻllar orqali yoʻl oladi. Bu haqda CNN Travel xabar berdi.

Dehlidan yo'lga chiqqan transport vositasi avvaliga Myanma orqali Tailandga yoʻl oladi, Buyuk Xitoy devori boʻylab yuradi, Markaziy Osiyo, jumladan, Oʻzbekistonni ham kesib oʻtadi-da, Moskvaga yetib boradi. Soʻng Boltiqboʻyi va Markaziy Yevropa davlatlari orqali Londonga tashrif buyuradi. Shunday qilib sarguzasht shinavandalari Yevropa va Osiyodagi 18 ta mamlakatda boʻlish imkoniyatini qoʻlga kiritishadi.

Bu boradagi birinchi sayohatni 2021-yil oʻrtalarida tashkil etish rejalashtirilmoqda, sababi hamon koʻp mamlakatlarda pandemiya sabab cheklovlar amalda.

«Aprel va iyun oylari bunday sayohat uchun eng yaxshi vaqtdir, chunki bu palla Hindistondan Myanma orqali Xitoy va Qirgʻiziston togʻlarini kesib oʻtish imkonini beradi», — deydi agentlik egalaridan biri.

Bir kishi uchun mazkur sayohatning narxi taxminan 20 ming dollar, yoʻlovchilarning umumiy soni esa 20 kishi boʻladi. Garchi ariza topshirganlar orasida Delidan Londongacha yoʻlni butunlay bosib oʻtishni xohlovchilarga ustuvorlik berilsa-da, marshrutning maʼlum qismidan ushbu turga qoʻshilish imkoniyati ham yaratiladi.

Qayd etilishicha, sayohatning har bir bosqichida mehmonlarni mahalliy gidlar kuzatib boradi. Ayni paytgacha ushbu sarguzashtlarga 40 mingdan ortiq kishi qiziqish bildirmoqda.

Manba: «Xalq So'zi»

Поделиться