O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turistik obyektlardagi targ‘ibot yozuvlarida davlat tilining ahamiyati yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2020-09-24 | Turizm

Buxoroning diqqatga sazovor manzillaridan birida viloyat hokimligi vakillari, viloyat Turizmni rivojlantirish departamenti va tashqi reklama ishlab chiqaruvchi subyektlar, turizm sohasi vakillari va hunarmandlar, tadbirkorlar ishtirokida amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  

Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari Botir Shahriyorov, Buxoro shahar hokimi O‘tkir Jumayev, sektor rahbarlari, viloyat Turizmni rivojlantirish departamenti hamda Madaniy meros boshqarmasi mutasaddilari, tuman va shahar hokimlarining maslahatchilari, jamoat tashkilotlari vakillari so‘zga chiqishdi.

Uchrashuvda Buxoro viloyati hokimining maslahatchisi Feruza Ibragimova jamoat joylarida, ko‘chalarda va binolar peshtoqlarida xorijiy tildagi tashqi targ‘ibot yozuvlarining kun sayin ko‘payayotgani borasida to‘xtalib o‘tdi.

Jumladan, qadimiy shahar qismidagi binolar peshtoqlaridagi tashqi yozuvlarning aksariyati xorijiy tilda namoyish etilgan bo‘lib, chet ellik tashrif buyuruvchilarga qulay bo‘lishi uchun bunday yo‘l tanlangani aytilmoqda. Ushbu masala yuzasidan mahalliy aholi va ichki turizm omilini ham inobatga olish lozimligi, tashqi yozuvlar ustuvor ravishda davlat tili - o‘zbek tili aks etishi zarurligi qayd etildi va targ‘ibot yozuvlarini “Davlat tili haqida”gi Qonunga muvofiqlashtirish vazifalari belgilandi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zaro fikr-mulohaza almashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga masʼullar tomonidan batafsil javoblar olishdi hamda kelgusida hamkorlikda mazkur holatlarning oldini olishga kelishib olishdi. 

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться