O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortining 2-bosqichini amalga oshirishga doir Hukumat qarori qabul qilindi

2020-09-19 | Turizm

 Bo‘stonliq tumanining turistik salohiyatidan foydalanish samaradorligini yana-da oshirish va rivojlantirish, hududga mahalliy va xorijiy sayyohlarni keng jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar, zamonaviy va sifatli infratuzilmani yaratish maqsadida “Amirsoy” MCHJ qo‘shma korxonasi tomonidan 2019 yil dekabr oyida osma yo‘llar, chang‘i trassalari va joylashtirish vositalarini barpo etishni o‘z ichiga olgan “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurort majmuasi barpo etilgan edi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bo‘stonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-avgustdagi 6053-son farmoniga muvofiq, “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti majmuasini kengaytirish, loyihaning 2-bosqichini amalga oshirish yuzasidan vazifa belgilangan.

Shu maqsadda, loyiha tashabbuskori hamda u tomonidan jalb etilgan xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan umumiy qiymati 75 million yevro bo‘lgan “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurort majmuasi barpo etishning 2-bosqichi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-sentabrdagi 414-F sonli farmoyishi qarori qabul qilindi.

Loyiha doirasida quyidagilar amalga oshirilishi belgilab olindi:

•  2400 o‘ringa mo‘ljallangan 4 restoran;

•  105 o‘rinli xonalar fondiga ega bo‘lgan “4 yulduzli” mehmonxona;

•  101 o‘rinli xonalar fondiga ega bo‘lgan “5 yulduzli” mehmonxona;

•  ofislar va savdo maydonaridan iborat 500 o‘ringa mo‘ljallangan ko‘p qavatli avtoturargoh;

•  osma yo‘llar, tog‘-chang‘i ko‘targichlar, shuningdek, 16.8 km uzunlikdagi tog‘-chang‘i trassalari;

•  tog‘ sporti, chang‘i va boshqa jihozlarni ijaraga berish shoxobchalariga ega bo‘lgan ko‘p tarmoqli markaz;

•  basseynlar va hordiq chiqarish hamda dam olishning mavsumiy turlarini tashkil qilish uchun maxsus maydonlar.

Mamlakatimiz turistik jozibadorligini oshirishga qaratilgan mazkur loyihani o‘z muddatlarida amalga oshirilishini taʼminlash uchun Davlat tomonidan zarur infratuzilma va tarmoqlarni barpo etishda ko‘mak beriladi.

Shuningdek, loyiha tashabbuskoriga qurilish-montaj ishlari va kelgusida loyihani ekspluatatsiya qilish jarayonida noyob tabiiy obyektlar va majmualarni, o‘simliklar va hayvonlarning genetik fondini saqlash, shuningdek, faoliyatning atrof muhitga salbiy taʼsirining oldini olish va tabiatni muhofaza qilishga oid qonun hujjatlari talablariga qatʼiy rioya qilish bo‘yicha masʼuliyat yuklatildi.  

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться