O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston MDH Turizm Kengashi huzurida Tezkor munosabat bildirish guruhini tuzish tashabbusini bildirdi

2020-09-14 | Turizm

MDH mamlakatlarining "Ishbilarmonlik tashabbuslari haftaligi" doirasida turizm bo‘yicha onlayn forum bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi nomidan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Azamov ishtirok etdi.  

O‘zbekiston raisligi ostida o‘tgan mazkur forumda MDH Ijroiya qo‘mitasi, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston va Turkmaniston turizm maʼmuriyatlari, shuningdek MDH mamlakatlarining 50 dan ortiq sayyohlik kompaniyalari, uyushmalar va aviakompaniyalar vakillari ishtirok etishdi.

Birinchi yalpi sessiyada forum ishtirokchilari Hamdo‘stlikka aʼzo davlatlar hukumatlari tomonidan COVID-19 pandemiyasining turizm sanoatiga salbiy taʼsirini yumshatish bo‘yicha soha subyektlarini soliq imtiyozlari, kredit taʼtillari, subsidiyalar va boshqa shakllardagi kechiktirib bo‘lmaydigan qo‘llab-quvvatlash choralari bilan taʼminlanganliklariga oid maʼlumotlar bilan tanishishdi.

MDH Turizm bo‘yicha Ijroiya Qo‘mitasi vakili Tatyana Kovaleva koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha O‘zbekistonda ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni, shuningdek, turizm faoliyati subyektlariga davlatning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotganini yuqori baholadi. Ushbu forum MDHga aʼzo davlatlar o‘rtasida turistik sayohatni tiklash bo‘yicha saʼy-harakatlarni birlashtirib, "soatlarni solishtirish" uchun juda dolzarb va samarali platformaga aylangani taʼkidlandi. O‘z navbatida, MDHga aʼzo davlatlarning turizm departamentlari vakillari forum ishtirokchilariga o‘z mamlakatlaridagi turizm sohasining pandemiya holati va xalqaro turistik almashinuvni qayta boshlash rejalari to‘g‘risida maʼlumot berishdi. Ikkinchi yalpi sessiyasida tadbirkorlik subyektlari va soha mutaxassislari bilan fikr almashildi.

Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardan kelgan sayyohlik biznesi vakillari biznesni turizm sohasidagi yangi haqiqatlarga moslashtirishning muvaffaqiyatli holatlarini taqdim etishdi, ishtirokchilarni kelgusi turistik mavsum uchun mahsulotlar bilan tanishtirishdi.

Shuningdek, forum ishtirokchilari sayyohlik biznesiga Hamdo‘stlik makonidagi sheriklar bilan birgalikda hamkorlikning yangi, barqaror o‘sish nuqtalarini topishda yordam berish maqsadida MDHga aʼzo davlatlarning turistik maʼmuriyatlari o‘rtasida saʼy-harakatlarni birlashtirish va tizimli, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni o‘tkazishning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqishdi. Kombinatsiyalangan sayohat marshrutlarini ishlab chiqish maqsadida tadbir ishtirokchilari MDH Turizm Kengashiga aʼzo davlatlarning turistik maʼmuriyatlaridan, o‘z mamlakatlarining jalb qilingan vazirlik va idoralari bilan birgalikda Hamdo‘stlik davlatlari o‘rtasida xalqaro chegara punktlaridan turistik guruhlarining tez va qulay o‘tishini taʼminlash choralarini ko‘rishni so‘rashdi.

Bundan tashqari, ular sayyohlar uchun xavfsizlik darajasini oshirish va sanitariya-gigiyena meʼyorlariga rioya qilish masalalarini muhokama qilishdi. Sayyohlar uchun sanitariya xavfsizligi choralariga rioya qilishga doir talablarning birlashtirilishini, shuningdek, MDHga aʼzo davlatlarning “COVID-19” va boshqa epidemiyalarning yuqori xavfsizlik standartlariga muvofiqligini sertifikatlash masalalarini ko‘rib chiqish taklif qilindi.

Forum yakunlariga ko‘ra, sayyohlik biznesining manfaatlarini inobatga olgan holda, pandemiya va turizm sohasidagi vaziyat, xalqaro turistik sayohatlar uchun yangi talablar, shuningdek, yangi turistik mavsumga tayyorgarlik bilan bog‘liq muammolarni hal qilish maqsadida sayyohlik kompaniyalariga ishonchli maʼlumot olishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan MDH Turizm Kengashi huzurida turizm idoralarining masʼul rahbarlari darajasida tezkor munosabat bildirish guruhini yaratish tashabbusi ilgari surildi. Ushbu tashabbus MDH Ijroiya Qo‘mitasi, turizm idoralari vakillari va Forum ishtirokchilari tomonidan maʼqullandi va qo‘llab-quvvatlandi.

Bundan tashqari, MDH Ijroiya Qo‘mitasi ushbu guruh ishini axborot bilan taʼminlash maqsadida sayyohlik biznesi vakillarining takliflar hamda savollarni to‘plash, MDH mamlakatlarida sayyohlik sohasining tiklanishi jarayoni va boshqalar haqida dolzarb maʼlumotlarni taqdim etish maqsadida rasmiy veb-saytida alohida axborot blokini tashkil etishga tayyor ekanligini bildirdi.  

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться