O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Jayron” eko-turistik obyektini rivojlantirish ishlari boshlandi

2020-09-08 | Ekologiya

Buxorodan 42 km masofada, Qizilqum sahrosining janubi-g‘arbida joylashgan “Jayron” qo‘riqxonasiga birinchi tamal toshi qo‘yildi. Ushbu eko-turistik obyektni rivojlantirish ishlari pitomnik imkoniyatlarini oshirish va sayyohlar hamda mahalliy mehmonlar tashrifi uchun qulay sharoit yaratishga yo‘naltirilgan.  

So‘nggi uch yilda turizm tarmoqlari va turistik obyektlar safini kengaytirishga katta eʼtibor qaratilmoqda, Buxoroda ham bu kabi manzillar safi tobora ortib bormoqda.

Jumladan, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Narzullo Oblomurodovning Buxoro viloyatiga tashrifi davomida masʼullar bilan birgalikda viloyatining “Jayron” pitomnigida ekologik turizm obyektini tashkil etish va rivojlantirish borasida so‘z yuritdi. Tamal toshini qo‘yish marosimiga shuningdek Buxoro va Qorovulbozor tumanlari hokimlari hamda Ekologiya qo‘mitasining Binolar ekspluatatsiyasi va kapital taʼmirlash direksiyasi boshlig‘i E.Nabiyev taklif etildi.

Yangi obyekt mehmonxona, muzeylar va 25 kishini sig‘dira oluvchi konferens-zallarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, pitomnik faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida qo‘riqxona ilmiy xodimlari uchun laboratoriya binosini qurish ishlari boshlandi.

Taʼkidlash lozimki, joriy yilning yoz mavsumida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov viloyatga tashrifi doirasida ishchi guruh bilan mazkur “Jayron” qo‘riqxonasiga borib, u yerning sayyohlik mavsumiga tayyorgarligini ko‘zdan kechirib, zarur taklif va tavsiyalarini bergan. Ayni damda masʼullar butun respublika bo‘ylab ekoturizmni rivojlantirish yo‘lida zarur ishlarni olib borishmoqda.  

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться