O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida attestatsiya o‘tkazildi

2020-09-08 | Turizm

O‘zbekiston Prezidentining 2016-yil 2-dekabrdagi 2666-sonli qarori bilan tasdiqlangan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq, joriy yilning 17-18 avgust kunlari “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti rahbar va xodimlari attestatsiyadan o‘tkazildi. 

Universitet rahbar va xodimlarining attestatsiyasi quyidagi maqsadlarda o‘tkazildi: ·        universitet faoliyatining islohotlar va modernizatsiyalashning ustuvor maqsad va vazifalariga muvofiq tashkil etilganligini o‘rganish; ·        universitet xodimlarining kasbiy layoqati va omilkorligini bugungi kun talablaridan kelib chiqib o‘rganish, ularning o‘z kasbiga loyiqlik darajasini aniqlash; ·        xodimlarning bilim, tajriba va mehnatidan samarali foydalanish, ularning malakasidan kelib chiqib lavozimlarga tayinlash, kasbiy malakasi va bilimlarini yuksaltirish; ·        bo‘sh o‘rinlarni yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish, lavozimlarga yosh va iqtidorli nomzodlar zahirasini shakllantirish; ·        sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ish sifati va samaradorligini oshirish.

Attestatsiya davomida attestatsiya komissiyasi aʼzolari tomonidan ilmiy tadqiqotlar bilan ishlash, sirtqi (maxsus sirtqi), xalqaro taʼlim dasturlari, innovatsion patentlashtirish bo‘limlari, “Umumkasbiy va ixtisoslik fanlari” kafedrasi va universitetning Axborot-resurs markazi faoliyatlari  qoniqarsiz deb topilib, universitet rahbariyatiga ushbu bo‘linmalar faoliyatini qayta ko‘rib chiqish va ularni yetuk malakali kadrlar bilan to‘ldirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, attestatsiya jarayonida o‘zining yuqori bilimi, ish tajribasini aʼlo darajada namoyon etib, egallab turgan lavozimiga loyiq deb topilgan xodimlar yuqoriroq lavozimlarga zahiraga olindi hamda universitet rahbariyatiga Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda tashabbuskor xodimlarni rag‘batlantirishga doir takliflar ishlab chiqish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Taʼkidlash joizki, universitetning sobiq birinchi prorektor vazifasi bajaruvchi Baxodir Turayev o‘z faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari, kadrlarni ishga olishdagi malakasizligi, universitetni boshqarishdagi sustkashligi hamda Hukumat va yuqori turuvchi tashkilotlarning topshiriqlarini muntazam qo‘pol ravishda buzganligi sababli egallab turgan lavozimidan ozod qilingan.  

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться