O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzakovning Corriere della Sera (Italiya) gazetasiga bergan intervyusi

2020-09-23 | Iqtisodiyot

Covid va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi O‘zbekiston
 
muallif Farian Sabaxi, 21-sentabr, 2020-yil

«Pandemiya O‘zbekistonni to‘xtata olmadi: biz xavfsizlik choralarini ko‘rgan holda ishlab chiqarish va eksportni tezda tiklashga muvaffaq bo‘ldik. Moliya vazirligi virusga qarshi kurashish, aholi va biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun 950 million yevro miqdorida Inqirozga qarshi jamg‘armani tashkil etdi. Shu bilan birga, biznesga 4 milliard yevro miqdorida yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralar to‘plami qabul qilindi». Bosh vazir o‘rinbosari, investisiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov O‘zbekiston pandemiyaga qanday qarshi kurashayotganini tushuntirib berdi.
 
Virusni to‘xtatish uchun qanday choralar ko‘rdingiz?
 
Biz yangi kasalxonalarni foydalanishga topshirdik va maxsus karantin zonalarini qurdik. Bemorlarni davolash eng yaxshi xalqaro tajribaga asoslangan holda, jumladan, xorijiy mutaxassislarning ishtirokida amalga oshiriladi. O‘zbekiston boshqa mamlakatlarga, jumladan, Tojikiston, Qirg‘iziston, Xitoy, Rossiya va Vengriyaga ham yordam ko‘rsatdi. 2019-yilga nisbatan 2020-yilning birinchi choragida qo‘shni davlatlar bilan savdo hamkorligi kamaymadi. Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik muhiti hukm surmoqda va bu pandemiyani bartaraf etish uchun juda muhim hisoblanadi.
 
Bugungi O‘zbekiston oldingisidan qanday farq qiladi?
 
Bu o‘sib borayotgan mamlakat, va boshlangan islohotlar orqaga qaytarilmaydi. 2019-yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar hajmi 4,2 milliard dollarni tashkil etdi va shunday qilib, 2018-yilga nisbatan 3,7 baravar oshdi. Yalpi ichki mahsulotda investisiyalar ulushi 37 foizga yetdi. Iqtisodiy o‘sish 5,6 foizni tashkil etdi: sanoat ishlab chiqarishi 6,6 foizga, eksport 28 foizga o‘sdi, oltin-valyuta zaxiralari 2,2 milliard dollarga ko‘payib, 28,6 milliard dollarni tashkil etdi.
 
Vazirligingizning maqsadlari nimada?
 
Biz xorijiy investisiyalarni, ilg‘or texnologiyalarni va nou-xaularni jalb qilamiz, ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatamiz va xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlat moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytiramiz. Qulay investisiya muhitini yaratish va Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo‘lish ham ustuvor vazifalaridandir.
 
O‘zbekistonda Italiyaning nechta kompaniyalari bor?
 
Ayni paytda O‘zbekistonda 53 ta kompaniya faoliyat yuritmoqda, ulardan 13 tasi 2019-yilda tashkil etilgan. Ular ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida ishlaydi. “Konfindustriya” bilan boshlangan hamkorlik va yangi “Konfindustriya O‘zbekiston”ning tashkil etilishi mamlkatimizga qiziqishni yanada oshiradi degan umiddamiz. Biz tashqi ishlar vaziri Di Mayo va 2019-yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan Lombardiya Prezidenti Fontana bilan konstruktiv muloqotni davom ettirmoqdamiz.
 
“Tekint” va “Danieli” avtomobil' oynalarni ishlab chiqarish va metallurgiyaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. «P'etro F'orentini» ishtirokida Toshkentda elektr gaz hisoblagich zavodi foydalanishga topshirildi. Fotoelektr qurilmalar sohasida hamkorlik qilishga qiziqish bildirayotgan kompaniyalar mavjud. Agroturizm sohasida tajriba bilan almashishning salohiyati qiziqish uyg‘otmoqda. Biz Italiyadan neft', po‘lat, to‘qimachilik va meva-sabzavot sanoati uchun mashinalar va uskunalarni sotib olamiz. Biz Italiyaga o‘zbek matolari, charm, meva va sabzavotlarni yetkazib berishni ko‘paytirmoqdamiz. Biz kelgusidagi savdo ayirboshlashda ijobiy dinamikani kutmoqdamiz va bizda sanoat kooperatsiyasi aloqalarini o‘rnatish uchun salohiyatimiz mavjud.
 
Chet el kompaniyalarini jalb qilish uchun qanday tashabbuslar amalga oshirdingiz?
 
Biz sanoat, farmasevtika, qishloq xo‘jaligi va turizm faoliyati uchun 21 ta erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qildik, u yerda barcha infratuzilma taklif etiladi va rezidentlar soliqlar va bojlardan 3-10 yilgacha ozod qilinadi. O‘zbekistonning qulay joylashuvi va MDH davlatlari bilan tuzilgan erkin savdo shartnomalari qariyb aholisi 300 million kishi bo‘lgan bozorga, shuningdek, Afg‘onistonga bojsiz eksport qilishni kafolatlaydi.
 
Prezident Shavkat Mirziyoev parlamentda so‘zlar ekan, bank tizimida orqada qolayotganini ta'kidladi: uni qanday yengib o‘tishni rejalashtirayapsiz?
 
Biz banklarni mijozlar xizmat qilishga yo‘naltirishimiz, an'anaviy davlat sektorini xususiylashtirishimiz va chet ellik mutaxassislarni jalb qilishimiz kerak. Biz Italiya banklari va investisiya jamg‘armalari bilan hamkorlik qilishga tayyormiz. YeTTB, XMK va boshqa xalqaro moliya institutlarining hissalari muhim ahamiyatga ega.
 
«Ipak vizasi» nima?
 
Bugungi kunda 86 mamlakat fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kirishlari mumkin. Kirish vizasining bekor qilinishi italiyalik sayyohlar oqimini ikki baravarga oshirdi. "Ipak vizasi" madaniyati, urf-odatlari va tillari o‘xshash bo‘lgan, 20-asrning boshlariga qadar chegaralari bo‘lmagan Markaziy Osiyoga mintaqasiga safarlarni yaxshiroq tashkil etishga imkon berardi. Uni ishga tushirish uchun biz bir qator tashkiliy va texnik masalalarda kelishuvlarga erishishimiz kerak.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться