O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turizmni rivojlantirish va barqaror madaniy merosni asrashga yo‘naltirilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

2020-09-12 | Turizm

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Jahon banki bilan hamkorlikda barqaror madaniy meros va turizmni rivojlantirishga yo‘naltirilgan virtual davra suhbatini o‘tkazdi.  

Unda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o'rinbosari Ulug‘bek Azamov, Jahon banki vakolatxonasi rahbari V.b. Vinayak Nagaraj hamda manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat vakillari va xalqaro ekspertlar ishtirok etishdi. Tadbirda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishida turizmning o‘rni va mamlakatning boy madaniy merosini asrashga oid masalalar muhokama qilindi.

“O‘zbekiston rahbariyati turistik faoliyatning barcha subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan keng va manzilli choralarni ko‘rmoqda. Turizm sohasini tiklashga doir to‘g‘ri va samarali strategiyani ishlab chiqish hamda chet ellik sayyohlarga sekin-astalik bilan eshiklarni ochish maqsadida BMT Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO)ning tavsiyalari, xalqaro ekspertlarning fikrlari va xorijiy hamkorlar tajribasi o‘rganildi. Umuman olganda, tan olish kerakki, bugungi kunda pandemiya bilan bog‘liq inqirozni qisqa fursatlarda yengib o‘tish uchun turizm sohasi har qachongidan ko‘ra ko‘proq birdamlik, tezkor reaksiya va uzviy hamkorlikka muhtoj.

Hozirda duch kelayotgan misli ko‘rilmagan hodisalar turizm sektorining barcha darajalarida soha ishtirokchilaridan yangicha yondashuv va qarorlar zaruratini namoyish etadi”, - dedi Ulug‘bek Azamov. Davra suhbati ishtirokchilari koronavirus (COVID-19) pandemiyasining turizm sanoatining rivojlanishiga salbiy taʼsirini yumshatishga oid xalqaro ilg‘or tajribalarni va O‘zbekiston hukumati tomonidan pandemiya taʼsiriga uchragan sayyohlik biznesi bilan shug‘ullanuvchi mahalliy kompaniyalar va jismoniy shaxslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tatbiq etilayotgan choralarni tahlil qilishdi.

Shuningdek, ekspertlar turli mamlakatlarning madaniy meroslarini (shu jumladan meʼmorchilik va yodgorliklarni) tabiiy va texnogen xatarlardan saqlash bo‘yicha tajribasi hamda bu boradagi siyosatni takomillashtirishda O‘zbekiston shaharlaridagi mahalliy hokimiyat organlari uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni muhokama qilishdi.

Jahon banki mutaxassislari 2020-yilning yozida Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va yo‘q qilish global jamg‘armasi ko‘magida tayyorlangan "O‘zbekiston: barqaror madaniy meros va barqaror turizmni rivojlantirish" hisobotini taqdim etishdi.

Xulosalar va tavsiyalar davra suhbati davomida muhokama qilindi. Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilariga "O‘zbekistonda o‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish" loyihasi doirasida Namangan viloyatining Chortoq, Buxoro viloyatining Kogon va Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shaharlari mahalliy hokimiyat organlari hamda Jahon banki o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida maʼlumot taqdim etildi. Loyiha nomlari keltirilgan shaharlardagi mahalliy infratuzilmani, jamoat joylarini va kommunal xizmatlarni takomillashtirish kabi asosiy maqsadlardan tashqari, madaniy meros obyektlarini saqlab qolish va yuqorida aytib o‘tilgan shaharlarda mahalliy sayyohlik salohiyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan.  

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться