O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Joylashtirish vositalarida fuqarolarni hisobga olishning yangi tartibi joriy qilindi

2020-09-16 | Turizm

Endilikda joylashtirish vositalari xizmatlaridan foydalangan O‘zbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan kishilar “E-Mehmon” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish orqali hisobga olinadi. 

O‘zbekistonning barcha hududlaridagi mehmonxonalar, davolash muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylari va shu kabi boshqa muassasalarga kelgan fuqarolarni hisobga olish, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish (propiska) Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-son qarori bilan tasdiqlangan tartiblarga muvofiq amalga oshiriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mahalliy va xorijlik fuqarolarning respublika bo‘ylab harakatlanishini monitoring qilish tizimini takomillashtirish, olingan maʼlumotlar asosida istiqbolli rejalar ishlab chiqish va samarali amalga oshirish maqsadida yuqoridagi tartiblarga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

Bundan buyon joylashtirish vositalari xizmatlaridan foydalangan barcha shaxslar, jumladan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mehmonxonalar, davolash muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylariga va shunga kabi boshqa muassasalarga borganda shu muassasalar maʼmuriyati tomonidan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar asosida “E-Mehmon” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish orqali hisobga olinishi kerak.

Hisobga olish avvalgidek 12 soat mobaynida emas, balki ular kelib joylashgan vaqtda, ularning bu yerda bo‘lish muddati va kelishining davriyligidan qatʼi nazar amalga oshiriladi. Joylashtirish xizmatini ko‘rsatuvchi mehmonxonalar, davolash muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylari va shu kabi boshqa tashkilotlar rahbarlaridan mazkur tartibga qat’iy rioya qilishlari so‘raladi.

Mazkur tartiblarning joriy qilinishi mahalliy va xorijiy sayyohlarning sog‘lig‘i va mulki xavfsizligini taʼminlash,  qonuniy manfaatlarini himoya qilish, kafolatgan xizmatlar ko‘rsatilishini taʼminlashga qaratilgan.  

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться