O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yuqori Chirchiq tumanidagi "Iyk ota" ziyoratgohining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

2020-09-02 | Turizm

Joriy yilning 1-sentabr kuni Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi madaniy meros namunasi bo‘lgan "Iyk ota" ziyoratgohining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Toshkent viloyati hokimi R Xolmatov, Toshkent viloyati vakilligining bosh imom xatibi Xayrulloh domla Turmatov va bir qator nufuzli mehmonlar ishtirok etishdi.

Ma’lumki, Yuqori Chirchiq tumanida ham boshqa hududlar singari ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda bir qator ta’mirlash va rekonstruktsiya ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, ushbu tumandagi "Iyk ota" ziyoratgohi ham bugungi kun zamon talablariga to‘la javob bera oladigan maskanga aylantirildi. Hududda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, ziyoratgohning ochilish marosimida Qur’on tilovati o‘qildi va duolar qilindi. So‘ngra Toshkent viloyati bosh imom xatibi Xayrulla domla Turmatov ushbu muqaddas maskanda mo‘min musulmonlar hamda ziyoratga tashrif buyuruvchilar uchun qulay sharoitlar yaratib berilganini e’tirof etdi. Jumladan, majmuada namozxona, kutubxona, hovlilarning keng va shinamligi kishining dilini yayratadi. Xullas, ziyoratga keluvchi yurtdoshlarimiz va xorijiy mehmonlar uchun maqbara zamonaviy ziyoratgoh sayyohlik maskaniga aylantirilgan.

Xulosa, o‘zligimizni, tariximizni anglatib turuvchi, alloma ajdodlarimiz haqida xabar beruvchi obidalarni keyingi avlodlarga asl holida yetkazishdir.

Manba: Tоshkеnt vilоyati hоkimligi

Поделиться