O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonning turizm sohasi vakillariga!

2020-09-02 | Turizm

Hurmatli gidlar, turoperatorlar, turagentlar, otelyerlar, yo‘l bo‘yi infratuzilma va transport kompaniyalari vakillari, HoReCa, o‘lkashunoslar, tarixchilar, arxeologlar, nodavlat sektor vakillari hamda turizm va mehmondo‘stlik sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha kishilar!  

Sizni O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi nomidan va o‘z nomimdan Vatanimiz mustaqilligining 29 yilligi bilan samimiy tabriklashga ijozat bergaysiz.

So‘nggi yillarda turizm sohasi tomonidan O‘zbekistonning turizm salohiyatini jahon miqyosida targ‘ib qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqda. Turizm sohasi vakillari ichki va xorijiy sayyohlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha choralarni ko‘rishmoqda, birinchi navbatda, mamlakatimiz hududlaridagi turizm infratuzilmasini yaxshilashga doir faol ishlar olib borilmoqda.

COVID-19 bilan bog‘liq global pandemiya va undan keyin turizm sanoatida yuz bergan butunjahon inqirozdan oldin bizning yurtimizga tashrif buyurishni istagan sayyohlar oqimi kattaligi tufayli O‘zbekiston mehmondo‘stlik sanoati joylar yetishmasligi va transport xizmatlarini ko‘rsatishda qiyinchiliklarga duch keldi. 2020-yilda 8 millionga yaqin chet ellik mehmonlar kelishi kutilgan edi. Afsuski, bu butun dunyoda va mamlakatimizda turizmning to‘xtab qolishi va vaqtinchalik ishsizlikka olib keldi.

Umid qilamizki, tez orada koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqiroz chekinadi va mamlakatimizda turizmni rivojlantirish yo‘lida rejalashtirilgan marralar, jumladan, 2025-yilgacha 10 milliondan ortiq chet ellik mehmonni qabul qilish bo‘yicha ko‘rsatkichga erishishga oid ishlar boshlanadi.

O‘zbekistondagi turizm sohasi vakillaridan sabr-matonat va birgalikdagi saʼy-harakatlar bilan global raqobatga tayyorgarlik ko‘rishlarini so‘rayman! Birdamlikda biz barchasiga erishishimiz mumkin!

Bizning oldimizda yangi ish o‘rinlari, turizmning yangi turlarini yaratish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish, monetizatsiyalash bilan bog‘liq katta vazifalar turibdi. Bu esa, shubhasiz, mamlakatimizdagi aholi farovonligi darajasining oshishiga turtki beradi.

Ayni paytda biz bor kuchimizni ichki va mahalliy turizmni rivojlantirishga yo‘naltirishimiz kerak. Xorijlik sayyohlarni jalb qilish mamlakatimizda sayohat xavfsizligi sharoitlarining yaratilishi bilan bog‘liq bo‘ladi.

Muvaffaqiyat Vatanimiz ravnaqi yo‘lida olib borilayotgan saʼy-harakatlarimizga bog‘liq bo‘ladi.

Biz guvohi bo‘lgan turizm sohasidagi islohotlarning dinamikasi va so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar buni isbotladi.

Barchamiz birga O‘zbekistonning tez orada turizm yo‘nalishida dunyodagi yetakchi davlatlardan biriga aylanishiga bor hissamizni qo‘shamiz.

O‘zbekiston sayyohlik sanoatining barcha vakillariga Mustaqillik kuni muborak bo‘lsin!  

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari,

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi

Aziz Abduhakimov  

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться