Jamshid Xodjayev Markaziy Osiyo mamlakatlari Qishloq xo‘jaligi vazirlari bilan muloqotda bo‘ldi
8-dekabr kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari Qishloq xo‘jaligi vazirlarining ikkinchi yig‘ilishi «Raqamli qishloq xo‘jaligi: imkoniyatlar va muammolar» mavzusida o‘tkazilib, videokonferensiya formatidagi uchrashuvda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev ishtirok etdi.
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti FAO tomonidan Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorligida tashkil etilga muloqotda BMT agentliklari va xalqaro moliya institutlarining mintaqaviy vakillari ham qatnashdi.
Tadbirning maqsadi Markaziy Osiyoda FAOga a'zo davlatlarda «raqamli qishloq xo‘jaligi» atamasi, shuningdek, sohani yanada rivojlantirish uchun raqamli qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun talablarni umumiy tushunishga yordam berishdir. Yig‘ilishda qisqa muddatda innovasion raqamli texnologiyalarni joriy etish mumkin bo‘lgan potensial yo‘nalishlar ham aniqlandi.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jaev o‘z nutqida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2020-yil O‘zbekistonda «Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» deb e'lon qilinganini ta'kidladi. Bu borada maxsus Davlat dasturi qabul qilingan. Shuningdek, «Raqamli O‘zbekiston-2030» keng ko‘lamli dasturi ishlab chiqilib, unda keyingi 10 yil davomida mamlakatni tubdan raqamli o‘zgartirish ko‘zda tutilgan.
Vazirning ta'kidlashicha, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi raqamlashtirishning umumiy darajasini ko‘tarishga yordam beradigan uyg‘unlashgan axborot tizimini yaratish ustida ish olib bormoqda. Shu bilan birga, Vazirlik qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilarining o‘z faoliyatida «aqlli» texnologiyalarni joriy etish borasidagi intilish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratmoqda.
«Sohaning rasmiy regulyatori sifatida bizning vazifamiz biznes sub'ektlarini raqamli formatga muqarrar o‘tish uchun tayyorlashdir. Eng muhim vazifalar qatorida agrologistik markazlar va qishloq xo‘jaligi bilimlarini tarqatish bo‘yicha mintaqaviy tarmoq yaratilishini qayd etishimiz lozim, ular axborot texnologiyalaridan foydalangan holda umumiy majmuaga birlashtiriladi», - deydi Jamshid Xodjaev.
Shuningdek, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha xalqaro raqamli Kengash tuzish konsepsiyasini ishlab chiqqani uchun butun FAO jamoasiga minnatdorlik bildirdi. Vazirning fikricha, maksimal ta'sir ko‘rsatish uchun mazkur Kengash o‘z ishini rivojlanayotgan mamlakatlar va kichik aylanma mablag‘larga ega fermerlarga zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng joriy etishga qaratishi lozim.
COVID-19 inqirozi shuni ko‘rsatdiki, hukumatlar va xususiy sektor mavjud texnologiyalarni tez sur'atlarda kengaytirish va inqiroz sharoitida yechim topish strategiyasi va mexanizmlarini amalga oshirish qobiliyatiga ega. Mobil pul, elektron to‘lovlar, elektron tijorat va aktga asoslangan axborot va konsalting xizmatlari kabi raqamli yechimlar agrar-oziq-ovqat tizimining kuchini oshirishi va fermerlarga muhim texnik xizmatlarni taqdim etishi mumkin.
Yaqinlashib kelayotgan 20 yil davomida qishlok xo‘jaligi sohasiga barkaror asosda informasion texnologiyalar joriy etiladi. Raqamli texnologilar keng tadbiq etilgan qishlok xo‘jaligi, nafaqat iqtisodiy tiklanish uchun balki, uning sifatini yaxshilash uchun, ayniqsa, kichik yer egalari va fermerlar uchun xarakatlantiruvchi kuchga aylanishi mumkin. Bugungi uchrashuv Markaziy Osiyo davlatlari qishlok xo‘jaligi raxbarlari ishtirokidagi ikkinchi tadbir bo‘lib, FAO bu kabi tadbirlarning tashkilotchisi ekanligidan faxrlanadi. Biz ushbu uchrashuvni Markaziy Osiyo davlatlarida qishlok xo‘jaligi sohasini jadal shakllantira oladigan muxim bir muloqot deb bilamiz", - deya o‘z fikrini yakunladi FAO Bosh direktori o‘rinbosari hamda Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili Vladimir Raxmanin.
Mamlakatlar o‘rtasida ekspertlar darajasidagi muloqot qishloq xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligida bir qator innovasion raqamli yechimlarni aniqlash va uzoq muddatli loyihalar uchun asos yaratish bo‘yicha tajriba almashish uchun katta qadam bo‘ldi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi