O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Dunyo universitetlarining global reyting (QS) baholash bo‘yicha asoschisi Nunsio Kvakvarelli ishtirokidagi uchrashuvda O‘zbekiston oliy ta'lim tizimi taqdim etildi

2020-11-24 | Fan

Dunyo universitetlari global reyting agentligi (QS Quacquarelli Symonds Ltd.) asoschisi va prezidenti Nunsio Kvakvarelli bilan onlayn-muloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi manbasiga asoslanib.

Tadbirda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarining ta'lim vazirlari va 200 nafardan ziyod universitet rektorlari ishtirok etdi.

Anjumanda O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov va TIQXMMI rektori O‘ktam Umurzoqov mamlakatimiz oliy ta'lim tizimida ushbu faoliyatning ahamiyati  va bu borada sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘zlab berdi.

Videokonferensiyada dunyo oliy ta'lim muassasalarining nufuzli QS reyting tizimi ushbu ro‘yxatga kirish talablari haqida to‘xtab o‘tildi. Qayd etilishicha, mazkur agentlik 1990 yil tashkil etilgan bo‘lib, oliy ta'lim muassasalarining birinchi reytingi 2004 yilda tuzilgan.

Qayd etish joizki, TIQXMMI respublikamizda mazkur reytingga kiritilgan yagona universitet hisoblanadi.

Muloqotlar davomida ilg‘or oliy ta'lim muassasalarining global raqobatbardoshligi xalqaro reytinglarga kirishdagi asosiy to‘siqlar va mintaqadagi universitetlarning rivojlanish istiqbollari masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbirda yurtimizda oliy ta'lim muassasalarni xalqaro reytingga kirish strategiyasidagi muhim jihatlari muhokama qilindi.  Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 – yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoniga asosan, kamida 10 ta oliy ta'lim muassasasini xalqaro e'tirof etilgan tashkilotlar reytingi ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться