O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sog‘liqni saqlash vaziri Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

2020-12-09 | Sog‘liqni saqlash

Sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Xadjibayev Hindistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabxat bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlumotiga tayanib.

Muloqot davomida so‘nggi yillarda o‘zaro hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani taʼkidlandi. Tomonlar birgalikdagi ishlarning istiqbollarini muhokama qildi. Jumladan, mavjud investitsiya loyihalarini rivojlantirish va O‘zbekistonga yangi investorlarni jalb qilish, qo‘shma farmatsevtika ishlab chiqarish obyektlarini tashkil etish kabi masalalarga to‘xtalib o‘tildi.

Manish Prabxatning taʼkidlashicha, bugun Hindiston koronavirusga qarshi 3 ta vaksina yaratish ustida ish olib bormoqda, ulardan 2 tasi ikkinchi, bittasi esa uchinchi bosqich sinov jarayonida.

Shuningdek, elchi talabalar almashinuvi dasturi bo‘yicha yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan takliflar bildirdi. Uning taʼkidlashicha, Hindiston yoshlarining ham O‘zbekistondagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida o‘qishga qiziqishi tobora ortib bormoqda.

Bundan tashqari, mamlakatlarning xalq tabobatini rivojlantirishga bo‘lgan davlat darajasidagi eʼtiborda o‘xshashlik mavjudligi aytilib, ushbu sohadagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться